O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Shartnomaning tuzilish payti


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

365-modda. Shartnomaning tuzilish payti
Oferta yo‘llagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi.


Agar qonunga muvofiq shartnoma tuzish uchun mol-mulkni topshirish ham zarur bo‘lsa,
shartnoma tegishli mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi (ushbu
Kodeksning 
185-moddasi
).
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
6

353 — 363

366, 367

370-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xo‘jalik
shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 203-son qarori 6-bandining 
birinchi — ikkinchi
xatboshilari
.
366-modda. Shartnomaning shakli
Agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun ma’lum bir shakl belgilab qo‘yilgan
bo‘lmasa, shartnoma bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan har qanday shaklda tuzilishi
mumkin.
Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan shartnoma notarial
tasdiqlangan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran, notarial tasdiqlanishi va ro‘yxatdan
o‘tkazilishi zarur bo‘lganda esa — shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran
shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan bo‘lsalar, garchi qonunda
bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan bo‘lmasa-da, shartnoma
belgilangan shaklga keltirilganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.
Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan, shuningdek pochta,
telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini
ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo‘li
bilan tuzilishi mumkin.
Agar shartnoma tuzish haqidagi yozma taklif ushbu Kodeks 370-moddasining 
to‘rtinchi
qismida 
nazarda tutilgan tartibda olingan bo‘lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilingan
hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
105 — 108

110, 111-moddalari
, 480-moddasining
birinchi qismi
, 488-
moddasining 
ikkinchi qismi
, 490-moddasining 
birinchi qismi

504

513-moddalari
, 531-moddasining
uchinchi qismi

539-moddasi
, 558-moddasining 
uchinchi qismi

565

574-moddalari
, 580-moddasining
birinchi qismi

603-moddasi
, 626 -moddasining 
birinchi qismi
, 727-moddasining 
birinchi qismi
, 733-
moddasining
birinchi qismi
, 745-moddasining 
birinchi qismi
, 761-moddasining 
birinchi qismi
, 774-
moddasining 
birinchi qismi
, 817-moddasining 
to‘rtinchi qismi
, 832-moddasining 
birinchi qismi
, 854-
moddasining 
birinchi, ikkinchi qismlari

863

877-moddalari
, 903-moddasining 
ikkinchi qismi
, 927-
moddasining 
ikkinchi qismi
, 962-moddasining 
uchinchi qismi

1069

1088, 1089-moddalari
, 1106-
moddasining 
birinchi qismi
, 1181-moddasining 
ikkinchi, uchinchi qismlari
, O‘zbekiston Respublikasining
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni 
11-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 02.06.2016-yildagi 185-son qarori bilan tasdiqlangn “Elektron
tijoratni amalga oshirish Qoidalari”ning 
36-bandi
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling