74-modda. Jamoat birlashmalari
Ma’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun o‘z manfaatlarining
mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy
birlashmalari jamoat birlashmalari hisoblanadi.
Jamoat birlashmalari o‘z ustavlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarish yoki o‘zga
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidirlar.
Jamoat birlashmalarining ishtirokchilari (a’zolari) ushbu birlashmalarga mulk qilib bergan
mol-mulklariga, shu jumladan a’zolik badallariga bo‘lgan huquqlarini saqlab qolmaydilar. Ular
a’zo sifatida ishtirok etayotgan jamoat birlashmalarining majburiyatlari bo‘yicha javob
bermaydilar, mazkur birlashmalar esa — o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob
bermaydilar.
Oldingi
tahrirga qarang.
Jamoat birlashmalari huquqiy mavqeyining xususiyatlari
qonunchilik
bilan belgilanadi.
(74-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
39, 40
,
73
,
75 — 78-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
“O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasining
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining
11-moddasi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining
03.04.1992-yildagi “O‘zbekiston respublikasi jamoat birlashmalari qonunga xilof ravishda mablag‘ bilan
ta’minlanishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |