O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/212
Sana14.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1772292
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   212
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

5-kichik bo‘lim
MUDDATLAR. DA’VO MUDDATI
11-BOB
MUDDATLARNI HISOBLASh
145-modda. Muddat belgilash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda yoki bitimda belgilangan, shuningdek sud tomonidan tayinlanadigan
muddat kalendar sana bilan yoxud yillar, oylar, haftalar, kunlar yoki soatlar bilan o‘lchanadigan
vaqt davrining o‘tishi bilan belgilanadi.
(145-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muddat muqarrar yuz berishi kerak bo‘lgan voqeani ko‘rsatish bilan ham belgilanishi
mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
146 — 163

649

651, 652-moddalari
.
146-modda. Vaqt davri bilan belgilangan muddatning boshlanishi
Vaqt davri bilan belgilangan muddat kalendar sanadan keyingi yoki uning boshlanish kuni
deb belgilangan voqea yuz berganidan keyingi kundan o‘ta boshlaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
145

147 — 163

649

651, 652

797

878

1065

1183-moddalari
.
147-modda. Vaqt davri bilan belgilangan muddatning tamom bo‘lishi


Yillar bilan hisoblanadigan muddat uning oxirgi yilidagi tegishli oy va kunda tamom
bo‘ladi.
Yarim yil deb belgilangan muddatga nisbatan oylar bilan hisoblanadigan muddatlar
uchun belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
Yil choraklari bilan hisoblanadigan muddatga nisbatan oylar bilan hisoblanadigan
muddatlar uchun belgilangan qoidalar qo‘llaniladi. Bunda yil choragi uch oyga teng deb
hisoblanadi, yil choraklarining hisobi esa — yil boshidan yuritiladi.
Oylar bilan hisoblanadigan muddat shu muddatning oxirgi oyidagi tegishli kunda tugaydi.
Yarim oy deb belgilangan muddatga kunlar bilan hisoblanadigan muddat deb qaraladi va
u o‘n besh kunga teng bo‘ladi.
Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tamom bo‘lishi tegishli raqam bo‘lmagan
oyga to‘g‘ri kelsa, u holda muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Haftalar bilan o‘lchanadigan muddat shu muddatning oxirgi haftasidagi tegishli kunda
tugaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
145

147 — 163

649

651, 652

797

878

1065

1183-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 
152-moddasi
.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling