O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ashyoviy dalillarni taqdim etish majburiyati


Download 284.5 Kb.
bet38/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

92-modda. Ashyoviy dalillarni taqdim etish majburiyati
Ishda ishtirok etmayotgan fuqarolar va tashkilotlar talab qilinayotgan ashyoni taqdim etish yoki sud belgilagan muddatda taqdim etish imkoniga ega bo‘lmasa, bu haqda sabablarini ko‘rsatgan holda sudga xabar berishi shart.
Agar shaxs sud undan talab qilayotgan ashyoviy dalilni taqdim etish yoki sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniga ega bo‘lmasa, u sudning so‘rovini olgan kundan e’tiboran besh kunlik muddat ichida bu haqda uzrli sabablarini ko‘rsatgan holda sudga xabar berishi shart.
Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek, agar sudning ashyoni taqdim etish to‘g‘risidagi talabi sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra bajarilmasa, aybdor fuqarolar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin.
Jarima solish tegishli fuqarolar va mansabdor shaxslarni sud talab qilayotgan ashyoni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 90-modda ikkinchi qismi, 92 — 93-moddalari, 237-moddasi birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi ikkinchi xatboshisi, 25-bandi birinchi xatboshisi.
93-modda. Tez buziladigan ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish
Sud dalillarni sudga olib kelish imkoniyati bo‘lmagan yoki qiyin bo‘lgan, shuningdek ashyoviy dalillar tez buziladigan hollarda, ularni ko‘zdan kechirishini va tekshirishini ular joylashgan yerda amalga oshirishi mumkin.
Oziq-ovqatlar va tez buziladigan boshqa ashyolar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, sud tomonidan darhol ko‘zdan kechiriladi. Bunday ashyolar ko‘zdan kechirilganidan keyin kimdan olingan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga qaytariladi yoki ulardan o‘z o‘rnida foydalanishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarga beriladi. Ashyolar boshqa shaxslarga berilgan taqdirda, ularning egasiga o‘sha xildagi va sifatdagi buyumlar yoki ularning qaytarish paytidagi bahosi bo‘yicha qiymati qaytarib berilishi kerak.
Zarur hollarda, dalillarni ko‘zdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 237, 239-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 25-bandi birinchi xatboshisi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling