O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy geografik o‘rni, tabiiy resurslar salohiyati va ularni muhofaza qilish


O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi geografiyasi


Download 83.29 Kb.
bet9/14
Sana04.02.2023
Hajmi83.29 Kb.
#1157108
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
kurs ishi

O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi geografiyasi
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning eng qadimgi tarmoqlaridan biri. U hozirgi kunda jahon, milliy va mintaqaviy iqtisodiyot tarkibida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Biroq ushbu makroiqtisodiyot tarmog‘ining rivojlanishi turli mamlakatlarda turlicha kechadi; rivojlanayotgan davlatlarda qishloq xo‘jaligi, xususan dehqonchilik ko‘proq ekstensiv xarakterga ega bo‘lsa, yetakchi mamlakatlarda u intensiv rivojlanib bormoqda. Shunga mos holda agroiqtisodiyotning samaradorligi, mehnat unumdorligi ham geografik jihatdan farqlanadi.
Odatda, qishloq xo‘jaligi deganda asosan uning ikki tarkibi, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik tushuniladi. Bu iqtisodiyot fani nuqtai nazardan tug‘ri, ammo iqtisodiy geografik jihatdan esa uni qishloq joylar mashg‘uloti, xo‘jaligi ma’nosida ham e’tirof etish mumkin. Tabiiyki, qishloq joylarda ham bu tarmoq turlanib, diversifikatsiyalanib barmoqda. Masalan, bu hududlarda ham sanoat, transport, rekreatsiya, turizm, ijtimoiy sohalar keng tarqalmoqda. Demak, qishloq xo‘jaligi, bir tamondan faqat dehqonchilik va chorvachilik emas, ikkinchidan, u hududiy nuqtai nazardan jahon xo‘jaligi, milliy xo‘jalik, mintaqaviy va mahalliy (munitsipal) xo‘jalikdan keyingi taksonomik birlik sanaladi. Iqtisodiyotning bunday hududiy tarkibi xuddi shunday iyerarxik ko‘rinishga ega bo‘lib, tizim-tarkib yondoshuvga mos keladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, shahar xo‘jaligi ham o‘ziga xos talqin qilinadi. U ko‘prooq komunal xo‘jaligi, ichki transport, maishiy sohalarni o‘z ichiga oladi. Aslini olganda esa, shaharni shahar qiluvchi asosiy tarmoq (shahar hosil qiluvchi tarmoq) eng avvalo sanoat, tashqi savdo va transport, fan kabilar hisoblanadi. Shu bilan birga, shaharlarda ham, xususan bizning sharoitimizda qishloq xo‘jaligi mavjud bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi rivojlanishi va hududiy tashkil etilishining quyidagi xususiyatlari mavjud:

  • eng qadimgi, an’anaviy xalq mashg‘uloti;

  • mavsumiy xarakterga ega;

  • qishloq xo‘jaligining rivojlanishi ob-havo, iqlim sharoitlariga bog‘liq;

  • qishloq xo‘jaligi holati, o‘z navbatida, sanoatga, ayniqsa yengil va oziq-ovqat sanoat rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi;

  • ushbu tarmoqning hududiy tashkil etilishi areal xarakterga ega (sanoat nuqta shaklida, transport chiziqsimon, tasmasimon);

  • qishloq xo‘jaligining, odatda, mehnat unumdorligi sanoatga nisbatan past;

  • qishloq xo‘jaligi aholini iste’mol mollari bilan, sanoatni xom ashyo bilan ta’minlaydi;

  • qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun xom ashyo kerak emas, uning asosi agroiqlimiy resurslar, ya’ni harorat, namlik, va tuproq hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligining yuqoridagi xususiyatlari ushbu tarmoqning asosiy iqtisodiy va iqtisodiy geografik ko‘rsatkichlarini, rivojlanishi va joylanishini belgilab beradi.
O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Uning zimmasiga yalpi ichki mahsulotning 1/5 qismidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. So‘ngi yillarda respublikamizda iqtisodiyotni sanoatlashtirish dasturini amalga oshirish natijasida qishloq xo‘jaligining nisbiy ko‘rsatkichlari, ya’ni ulushi pasayib borish tendensiyasiga ega. Shu asosda mamlakatimiz iqtisodiyoti agro-industrial shakldan tobora, asta-sekin industial-agrar yo‘nalish kasb etmoqda.
Sobiq Ittifoq davrida respublika qishloq xo‘jaligi asosan paxtachilikka ixtisoslashgan, markaziy hududlar sanoatini xom ashyo bilan ta’minlovchi monokultura ko‘rinishidagi rayon edi. Mustaqillikka erishgach bu soxada tub isloxotlar o‘tkazildi, qishloq xo‘jaligi deyarli to‘liq nodavlat sektoriga o‘tkazildi, fermer va dehqon xo‘jaliklari tashkil etildi, paxta yakka xokimgiga barxam berildi, don (g‘alla) mustaqilligiga erishildi va xokazo. Ayni vaqtda noto‘g‘ri siyosat olib borish oqibatida maydonlari keskin qisqarib ketgan uzumchilik va bog‘dorchilik tarmoqlari tiklanmoqda. 2009 yilda qabul qilingan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” davlat dasturida qishloq joylarda agroiqtisodiyot soxasi bilan bir qatorda transport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, moliya, sport kabilarni rivojlantirishga, uy-joy qurilishiga katta ahamiyat berilgan.
Qishloq xo‘jaligi, yuqorida ko‘rsatilgan jixatlaridan kelib chiqqan holda, yillar davomida bir xil yoki barqaror rivojlanib bormaydi. Bunga ijtimoiy-siyosiy omillar bilan birga iqlim sharoitlari ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ma`lumotlarga ko`ra qishloq xo‘jalik mahsulotlarining o‘sish darajasi o‘tgan 20 yil mobaynida umumiy yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlariga nisbatan goh past (1991,1994,1996,2005,2010 yy.), goh yuqori (asosan qolgan yillarda) bo‘lgan. Demak, xuddi shu yillarda agroiqtisodiyotning milliy iqtisodiyot o‘sishiga ta’siri ham har xil kuzatiladi. Ko‘rilayotgan davrda sanoat ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi rivojlanishidagi nisbat ham o‘ziga xos. Masalan, sanoatning o‘sish ko‘rsatkichi 1991, 1993, 1994, 1996, 1999-2002 va 2004-2010 yillarda yoki 20 yildan 15 yilda ustuvorroq bo‘lgan. Eng muhimi shuki, xususan so‘nggi 10 yilda qishloq xo‘jaligining nisbiy rivojlanish darajasi sustroq kechgan. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotni sanoatlashtirishdan darak beradi.
Alohida ta’kidlash lozimki, qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan investitsiya hajmi makroiqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga qaraganda ancha past. Qolaversa, uning ulushi yildan-yilga kamayib bormoqda. Hozirgi vaqtda agroiqtisodiyotga respublika jami investitsiya hajmining taxminan atigi 3 foizi to‘g‘ri keladi, xolos. Vaholanki, bu ko‘rsatkich sanoatda 35-37%, transport va qurilishda 25% va hokazo. Qishloq xo‘jaligiga kiritilgan mablag‘ning 1/5 qismidan ko‘prog‘i respublika budjetidan, yarmiga yaqini bank kreditlari va zayom vositalaridan qoplanadi. Xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi esa 14–15% atrofida.

Download 83.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling