O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Iqtisodiy sud tomonidan hal etiladigan nizolar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

26-modda. Iqtisodiy sud tomonidan hal etiladigan nizolar
Iqtisodiy sud:
1) tuzilishi majburiyligi qonunda nazarda tutilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan
kelishmovchiliklar to‘g‘risidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 377-moddasining 
ikkinchi

to‘rtinchi

oltinchi
qismlari
.
2) shartnoma taraflari tomonidan ko‘rib chiqilishi sudga o‘tkazilishi kelishilgan shartnomani
tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqidagi;
3) shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 382-moddasining
ikkinchi qismi
, 383-
moddasining 
uchinchi — beshinchi qismlari
, 384-moddasining 
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 203-sonli “Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va
bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarorining 
1

16 — 25-bandlari
.
4) bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 11-moddasining 
1

4-bandlari
, 113-moddasining
ikkinchi qismi
.
5) majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi to‘g‘risidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
20

21

24-boblari
.
6) mulk huquqini tan olish haqidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 11-moddasi birinchi qismining
birinchi

ikkinchi
xatboshilari
, O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasi birinchi qismining
birinchi

ikkinchi xatboshilari
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli “Mulk huquqini tan olishga oid
ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan qonun hujjatlari qo‘llanilishining ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qarorining 
4-bandi
.
7) mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsning
g‘ayriqonuniy egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
228

232-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi
Qonunining 
20-moddasi
.
8) intellektual faoliyat obyektlari va fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining xususiy
alomatlarini aks ettiruvchi vositalar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga mulkiy huquqlari buzilganligi
haqidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
1031 — 1040

1179-1180-moddalari
.
9) mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan
mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda buzilganligi to‘g‘risidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
231-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonunining 
21-
moddasi
.
10) zararning o‘rnini qoplash haqidagi;
 LexUZ sharhi
1
1


Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11-moddasi birinchi qismining 
birinchi
,
sakkizinchi xatboshilari

14

15

206

233

324-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy mulkni himoya
qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 
birinchi
,
sakkizinchi xatboshilari

14

22-moddalari
.
11) ishchanlik obro‘sini himoya qilish to‘g‘risidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
 100-moddasi
.
12) undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni
ijro etish mumkin emas deb topish haqidagi;
13) agar qonunda jarimalarni so‘zsiz (akseptsiz) tartibda undirish nazarda tutilmagan bo‘lsa,
nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolardan jarimalar undirish to‘g‘risidagi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.06.2005-yildagi PF-3622-sonli “Tadbirkorlik
subyektlarining xo‘jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish
to‘g‘risida”gi 
Farmoni
.
14) nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlari talablarini buzgan holda so‘zsiz
(akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablag‘larini budjetdan qaytarish haqidagi nizolarni
hal etadi.
Sud qonun bilan o‘zining vakolatiga kiritilgan boshqa nizolarni ham hal qiladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling