O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

30 -modda. Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar
Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) investitsiya shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq nizolar;
2) investitsiya shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolar;
3) investitsiya shartnomasining bajarilishi bilan bog‘liq nizolar;
4) investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan soliq, bojxona, ijtimoiy, ekologik va boshqa
majburiyatlarning investor tomonidan bajarilishi bilan bog‘liq nizolar;
5) investitsiya shartnomasi bo‘yicha investorga berilgan mol-mulkni talab qilib olish yoki
bunday shartnoma bo‘yicha neustoyka undirish va (yoki) zararlar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar.
30 -modda. Raqobatga oid ishlar
Yuridik shaxslar, shu jumladan chet el yuridik shaxslari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, yakka
tartibdagi tadbirkorlar hamda monopoliyaga qarshi organ o‘rtasida tovar va moliya bozorlarida
raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar raqobatga oid ishlar jumlasiga kiradi.
31-modda. Chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga
qaratish to‘g‘risidagi ishlar
Chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risidagi
ishlar jumlasiga:
tadbirkorlik faoliyatini va boshqa iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga
keladigan nizolar bo‘yicha chet davlat sudlari tomonidan qabul qilingan qarorni tan olish hamda
ijroga qaratish to‘g‘risidagi;
tadbirkorlik va boshqa iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan nizolar
bo‘yicha chet el arbitrajlari tomonidan qabul qilingan qarorni tan olish hamda ijroga qaratish
to‘g‘risidagi ishlar kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
25-moddasi
, 32-moddasi ikkinchi qismining 
ikkinchi xatboshisi

239

258-
moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling