O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi yo’nalishlari
O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Download 41.43 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi yo’nalishlari
O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
* Manba: O’zbeksiton Respublikasi davlat statistika qo’mitasi malumotlari. 2008 y. Jahon tajribasi sivilizatsiyalashgan integratsiya integratsiyalashayotgan davlatlarning umumiy rivojlanini malum bir darajada bo’lishini nazarda tutadi (buni YeI tajribasi ham tasdiqlab turibdi). Biroq sobiq Ittifoq respublikalarining (hozirgi MDHga a’zo-mamlakatlar) umumiy rivojlanish darajasi, ularning milliy xo’jaliklarida bozor islohotlarining poyoniga yetmaganligi uchun ham bu davlatlarga G’arbiy Yevropa davlatlariga o’xshash biror-bir yangi ittifoqni tashkil etish imkonini bermaydi. Davlat mustaqilligiga erishgandan so’ng O’zbekiston uchun rivojlanishning o’z modelini (o’zbek modelini) ishlab chiqish imkoniyati ochildi. Ushbu rivojlanish modelida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va mustahkamlash, respublikaning jahon xo’jalik aloqalariga integratsiyalashuvi kabi masalalarga katta e’tibor qaratilgan. Mamlakatning jahon xo’jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng ko’lamda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni qurishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham iqtisodiyotimizning kelajagini uning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvida ko’rishimiz mumkin. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati negizida tashqi aloqalarda ochiqlik, teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlik, o’z milliy-davlat manfaatlari ustunligini saqlagan holda o’zaro manfaatlarni hisobga olish, e’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilish va xalqaro standartlarga bosqichma-bosqich o’tish tamoyillari yotadi. Respublikamizning o’z taraqqiyot modelini takomillashtirish va joriy etishni ishlab chiqishda rivojlangan davlatlar tajribasini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan davlatlar tajribasini o’rganish uchun respublikada islohotlarni yanada samaraliroq amalga oshirish va boshqa xorijiy davlatlar yo’l qo’ygan xatolarni takrorlamaslik zarurdir. Respublikamiz boshqa xorijiy mamlakatlar yo’l qo’ygan xatolardan saboq olish va shu bilan birgalikda, ularning yutuqlaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov: “Alohida mamlakatlar rivojlanish modelidan ko’r-ko’rona andoza olish kerak emas, ko’plab davlatlar tajribasini ichki shart-sharoitlarga muvofiq ravishda uyg’unlashtirish zarurdir”, - deb ta’kidlagan edi3. O’zbekistonda ochiq tashqi siyosat tamoyilini amalga oshirish barcha tinchliksevar davlatlar bilan do’stona aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi. Bu tamoyilga rioya qilish, mafkuraviy omillardan qat’i nazar, qisqa muddatlarda keng ko’lamdagi tashqi aloqalarni yo’lga qo’yish, bir asrlik tashqi olamdan ajralganlik iskanjasidan qutulish imkoniyatini beradi. G’ayritabiiy hodisaga duch kelamiz: umuman olganda “ochiq” iqtisodiyotga ega bo’lgan holda, ya’ni ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning taxminan 30%i respublikadan tashqariga olib chiqilgan, iste’mol qilinadigan tovarlarning 65%i import qilingani holda respublikamiz amalda yopiq mamlakat edi, jahon bozoriga to’g’ridan-to’g’ri chiqish imkoniyatiga ega emasdi. Shu bilan birgalikda respublikamizning eksport salohiyatidan (paxta, oltin, rangli metallar, gaz va boshqalar) Markaziy hukumat (sobiq SSSR) bermasdan ayovsiz foydalanib turgan. Tashqi iqtisodiy siyosat respublikaning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlashga, uning to’lov balansini yanada yaxshilashga, qulay investitsion muhitni yaratishga yo’naltirilishi kerak. Buning uchun respublikamizda zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlar mavjud. O’zbekistonning tashqi savdosida, shuningdek, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarida quyidagi yo’nalishlar ustuvor sanaladi: Respublikaning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish. Eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni respublikada shakllantirish bo’yicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish zaruriyati ; Eksport tarkibini foydali bo’lgan xom ashyo resurslari bilan ta’minlashning ko’rinishlarini (qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash orqali tayyorlangan mahsulotlar, yengil sanoat, ilm-fanni ko’plab talab qiladigan tarmoqlar va boshqalarni) tubdan o’zgartirish lozim. Paxtani esa respublikaning qudratli zamonaviy yengil sanoat tarmoqlari vujudga kelgunga qadar eksport qilish darkor; Nafaqat ichki bozorda, balki, eng avvalo, jahon bozorida ham xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash kerak. Jahon bozorlarida allaqachon talabga ega bo’lishga ulgurgan, kiritilgan investitsiyalarni qisqa vaqtda qoplabgina qolmasdan, balki respublikamizga valyuta tushumlarining mustahkam manbai sifatida xizmat qiladigan eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni ustuvor rivojlantirsh darkor. Respublikaning eksport salohiyatini kengaytirishda, jahon bozorlariga kirib borish uchun, eng avvalo, nodir xom–ashyo mahsulotlarni qayta ishlaydigan qo’shma korxonalarni rivojlantirish, xorijiy hamkorlar bilan mehnat resurslariga yaqin joylarda ixcham korxonalarni tashkil etish zarur. Odatda, bu korxonalarning barchasi ilg’or texnologiyalar bilan jihozlanishi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishi darkor. Ushbu yo’llar orqali bir necha yillardan so’ng respublikamiz zamonaviy texnologiyalar bilan qurollangan mahalliy aholini tashkil etuvchi zamonaviy ishchi kuchiga ega bo’ladi. O’zbekiston o’zining ishlab chiqarishi negizida mahalliy xom- ashyolardan tayyorlangan yuqori sifatli tovarlar bilan to’lib-toshadi. Eksportni kengaytirish siyosati bo’yicha strategiyani faol olib borish bilan birga aniq yo’naltirilgan import o’rnini qoplash bo’yicha siyosatni o’tkazish talab qilinadi. Bunda o’zimiz ishlab chiqara oladigan tovar va mahsulotlar importini mumkin darajada kamaytirish kerak. Import o’rnini qoplash dasturi doirasida asosiy e’tiborni oziq-ovqat mahsulotlari va resurslar importi sohasidan ekinlarning yuqori hosil beradigan navlari va bu ekinlarga ishlov beruvchi sanoat texnologiyalari, o’simliklarni himoya qilish vositalari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash uchun zarur bo’lgan zamonaviy asbob-uskunalar, shuningdek, fermer (dehqon) xo’jaliklari uchun texnikalar importi sohasiga ko’chirish kerak. Ilg’or texnologik qurilmalar, ilg’or texnologiya, ishlab chiqarishni qaytadan texnik jihozlash uchun litsenziyalar, shuningdek, eng zarur bo’lgan iste’mol tovarlari, xom ashyo va dori-darmonlar importiga ham diqqat-e’tiborni qaratish darkor. Tashqi iqtisodiy faoliyatni bundan buyon ham erkinlashtirish bo’yicha aniq bir maqsadga yo’naltirilgan siyosatni olib borish darkor. Buning uchun xo’jalik subyektlariga xorijiy hamkorlar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni o’rnatishda katta erkinliklar berish, respublikamizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijda sotish, tovarlar eksporti va importiga yanada imtiyozli tartiblarni joriy qilish zarur. Bularning barchasi siyosatimizning zamonaviy bosqichdagi ustuvor yo’nalishlaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish maqsadida ko’plab tovar turlariga import bojlari allaqachon olib tashlangan, eksport va importga bojxona boji stavkalari sezilarli darajada pasaytirilgan, valyuta tushumlarini taqsimlash tizimi tubdan o’zgartirilgan. Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, to’g’ridan-to’g’ri kapital qo’yilmalarini ustun ravishda keng ko’lamda jalb qilish uchun zarur bo’lgan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratishga, qo’shma korxonalarni tashkil qilishga, shuningdek, investorlar manfaatlarini himoya qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat infratuzilmasini yaratish – bu tashqi aloqalarni rivojlantirish manfaatlariga va shart-sharoitlariga javob beradigan ixtisoslashtirilgan tashqi savdo, lizing, konsalting va sug’urta firmalari, transport tizimi, aloqa va kommunikatsiya tizimlarini barpo qilish demakdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatning bu va boshqa yo’nalishlarini amalga oshirish O’zbekiston iqtisodiyotining tez orada jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy zamin yaratish imkonini beradi. Download 41.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling