O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi yo’nalishlari


O’zbekiston Respublikasi jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi sharoitida tashqi savdoning rivojlanishi


Download 41.43 Kb.
bet3/3
Sana06.02.2023
Hajmi41.43 Kb.
#1170791
1   2   3
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi yo’nalishlari

7.2. O’zbekiston Respublikasi jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi sharoitida tashqi savdoning rivojlanishi

O’zbekiston Respublikasi uchun tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi sharoitida o’ta muhimdir. Respublikamiz

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, O'zbekiston tashqi savdo geografiyasini, export va importni diversifikatsiyalashga alohida e'tibor qaratmoqda. Yaqin kunlargacha O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatda MDH mamlakatlariga nisbatan uzoq xorij mamlakatlariga ustuvorlik berishi shakllangan, eksportning asosiy qismini jahon bozorida barqaror talabga ega bo'lgan xom ashyo resurslari tashkil etar edi. Importni diversifikatsiyalash siyosatini amalga oshirish va import siyosatiga bozor tamoyillarining joriy etilishi sharoitida asosan rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqariladigan zamonaviy texnika va ilg'or texnologiyani import qilish zaruriyati ham mamlakatimiz importi tarkibida uzoq xorij mamlakatlari ulushining o'sishiga olib keldi.

So'nggi yillarida tashqi savdoning geografik tarkibida sezilarli o'zgarishlar yuz berdi.( 2-diagramma)

2-diagramma

O’zbekiston tashqi savdosida MDH va boshqa xorijiy mamlakatlar ulushi %




Savdo aylanmasi Eksport Import


Agar 2006 yilda tashqi savdo aylanmasining 42,5 foizi MDH mamlakatlari hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2007 yilga kelib bu ko'rsatkich 49,2 foizga teng bo'ldi. Uzoq xorij mamlakatlarining salmog'i esa muvofiq ravishda 57,5 foizdan 50,8 foizgacha pasaydii.

O’zbekiston Respublikasi tovar aylanmasi geografik tarkibda MDH mamlakatlaridan eng yuqori ko’rsatkichlar Rossiya (28,4%), Qozog’iston (8,4%), Ukraina (7,5%) kabilarga tegishli. Boshqa xorijiy mamlakatlar Turkiya (5,3%), Xitoy (5,3%), Koreya Respublikasi va Eron (4,1%), Shveytsariya (3,0%) kabilar O’zbekiston Respublikasi tovar aylanmasida yuqori ulushga ega bo’lmoqdalar.(29-jadval)

29-jadval



O’zbekiston Respublikasi tovar aylanmasi geografik tarkibi

Tashqi savdoni diversifikatsiyalashning ikkinchi yo'nalishi uning tovar tarkibini diversifikatsiyalash bilan bog'liq. Bunday diversifikatsiyalash eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushini oshirib borish va xom ashyo ulushini pasaytirishga, shuningdek, import tarkibini optimallashtirishga qaratilmog'i lozim.

Mustaqillik yillarida O'zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining ham tovar tarkibi sezilarli darajada o'zgardi (30-jadval).

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, so'nggi yillarda mamlakatimiz eksport tarkibida bir qator o'zgarishlar yuz berib, ushbu o'zgarishlarning asosiylari quyidagilardan iborat:

- garchi paxta tolasi mamlakat eksportining asosiy moddasi sifatida saqlanib qolayotgan bo'lsa-da, uning ulushi mustaqillik yillarida 3.5 martadan ziyodroqqa pasaydi (1992 yilda 47,9 foizdan 2007 yilda 12,5 foizgacha);

- mamlakat eksport hajmida asosiy o'rinni egallagan boshqa tovarlar: energiya manbalari, mashina va asbob-uskunalar, rangli va qora metallar hisoblanib, ularning ulushi 1992 yilga nisbatan birmuncha ozgardi (tahlil qilinayotgan davr mobaynida energiya manbalarining ulushi 14,8 foizdan yilda 20,2 foizga, mashina va asbob-uskunalarning ulushi 9,4 foizdan 10,4 foizga, rangli va qora metallarning ulushi 9,4 foizdan 11,5 foizga);

- mustaqillik yillarida eksport tarkibida yangi modda - xizmatlar moddasi paydo bo'ldi va uning jami eksportdagi ulushi 2007 yilda 10,7 foizni tashkil etdi.

O'zbekiston eksportining tovar tarkibini tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatadiki, oziq-ovqatlar, mashina va asbob-uskunalar, shuningdek boshqa tayyor mahsulotlar eksportini oshirish orqali mamlakat eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish mumkin.

Jadval ma'lumotlaridan yana shuni ko'rish mumkinki, unda haligacha xom ashyo mahsulotlari sezilarli o'ringa ega. Bunday holat bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xususan:

- xom ashyo mahsulotlari qiymatida tayyor mahsulotlarga nisbatan qo'shilgan qiymat salmog'i past bo'ladi. Shundan kelib chiqqan holda aytish 30-jadval


Manba: O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan


mumkinki, barqaror iqtisodiy o'sish va aholi turmush farovonligini yaxshilashni ta'minlashga iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarilayotgan va eksport qilinayotgan tovarlar tarkibida tayyor mahsulotlar ulushini oshirish orqaligina erishish mumkin;

- jahon xom ashyo mahsulotlari bozori kon'yunkturasi tayyor mahsulotlar bozoridan farqli o'laroq nobarqaror va unda tebranishlar darajasi yuqori hisoblanadi. Buning eng asosiy sababi shundaki, xom ashyo mahsulotlarining narx va daromadlar bo'yicha talab elastikiligi past. Shu sababli bu holat makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sish sur'atlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda O'zbekiston hukumati milliy iqtisodiyotni chuqur qayta ishlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatni amalga oshirmoqda. Bu siyosatning asosiy maqsadi O'zbekistonning jahon xo'jalik tizimiga xom ashyo yetkazib beruvchi sifatida emas, balki ishlab chiqarish va eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi yuqori bo'lgan mamlakat sifatida integratsiyalashuvini ta'minlashdin iborat.

Ushbu maqsadga erishishda import tarkibini optimallashtirish masalasi muhim o'rin tutadi. Mustaqillik yillarida bu sohada ham sezilarli ijobiy natijalarga erishildi (31-jadval).

-jadval ma'lumotlarini tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatadiki, islohotlar yillarida oziq ovqat mahsulotlarining O'zbekiston jami importidagi salmog'i sezilarli darajada pasaydi: agar 1992 yilda jami importning 36,8 foizi oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2007 yilga kelib bu ko'rsatkich 7,9 foizga teng bo'ldi.

Bu, eng avvalo, oziq-ovqat mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan dasturning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida yuz berdi.

Import tarkibidagi yana bir muhim o'zgarish shundan iboratki, mustaqillik yillarida energiya manbalari importi sezilarli darajada pasaydi. Agar 1992 yilda 31-jadval


Manba: O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan

jami importning 25,5 foizini energiya manbalari tashkil etgan bo'lsa, 2007 yilga kelib bu ko'rsatkich 3,3 foizga teng bo'ldi.

Bunday natijaga mamlakatimiz hukumati tomonidan amalga oshirilgan energetika mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Xususan, amalga oshirilgan maqsadga muvofiq chora-tadbirlar natijasida O'zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 1991 yilda 41,9 mlrd kub metrdan 2005 yilda 59,7 mlrd kub metrgacha, ya'ni 1,4 martaga o'sgan bo'lsa, neft ishlab chiqarish 1991 yilda 2,8 mln tonnadan 2005 yilda 8,9 mln tonnagacha, ya'ni 3,2 martaga o'sdi.

O'zbekiston import tarkibida yuz bergan muhim o'zgarishlardan yana biri xizmatlar ulushining sezilarli darajada o'sganligi bilan bog'liq. Bu, eng avvalo, MDH mamlakatlari hududida mahsulotlarni transportlarda tashish tariflarining sezilarli darajada qimmatlashuvi natijasida yuz berdi. Mamlakatimizning dengiz yo'llari va asosiy savdo hamkorlardan uzoqda joylashganligi respublikamizda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi asosiy omil bo'lib qolmoqda. Shu sababli mamlakatimizning tashqi bozorlarga chiqishi uchun yangi transport koridorlarini rivojlantirish masalasi bugungi kundagi eng asosiy masalalardan hisoblanadi.



Import tarkibini optimallashtirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlardan yana biri mashina va asbob-uskunalarning jami importdagi ulushining 1992 yilda 9,2 foizdan 2007 yilda 46,6 foizgacha o'sganligi hisoblanadi. Bu holat respublikamiz hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan milliy iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish strategiyasiga muvofiq keladi.
Download 41.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling