O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

144-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni
buzish
(144-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683
/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga
xilof ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud
elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi
qonunchilikka zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari
tiklanishini, 
murojaat 
munosabati 
bilan 
qabul 
qilingan 
qarorning 
bajarilishini
ta’minlamaganlik yoki murojaat munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan jismoniy shaxslarning
shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
ularning roziligisiz oshkor etish, xuddi shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzish jismoniy va yuridik
shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud
jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
(144-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683
/0375-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
(144-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va
yuridik shaxs vakilining oila a’zolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud
bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid
qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan ta’qib etish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(144-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
(144-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli 
Qonuni 
tahririda
— O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
35-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
08/02/23, 15:24
Стр. 84 из 228


“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling