O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

191-modda. Qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan
foydalanish
Sir tutiladigan fan-texnika, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid yoki boshqa shu kabi
axborotni egasining roziligisiz oshkor qilish yoki undan foydalanish maqsadida har qanday
usulda to‘plash —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(191-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
Sir tutiladigan fan-texnikaga, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid va boshqa shu
kabi axborotni egasining roziligisiz qasddan oshkor qilish yoki undan foydalanish xo‘jalik
yurituvchi subyektga ko‘p miqdorda zarar yetkazgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(191-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 29-
moddasining 
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 
98-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12 dekbardagi 439-II-son “Axborot erkinligi prinsiplari va
kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
11-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat siri to‘g‘risida”gi
Qonuni
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling