O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

TO‘RTINChI BO‘LIM
EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR
XIV bob. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-
muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 
qarori
.
193-modda. Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish
Sanoat, energetika, transport, kommunal xizmat, agrosanoat, ilm-fan obyektlari yoki
boshqa obyektlarni loyihalash, joylashtirish, qurish va ishga tushirib foydalanish normalari va
qoidalarining mansabdor shaxs tomonidan buzilishi, yoxud davlat komissiyasining a’zolari
tomonidan bu obyektlarni normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarni buzib qabul qilinishi
insonning o‘limi, odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, ekologiyaga salbiy ta’sir
qiladigan darajada atrof muhitning o‘zgarib ketishiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib
chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch
yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(193-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 
03/19/586
/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza
to‘g‘risida”gi Qonunining 
13

21-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksining 
80-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 
41-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 
IV bo‘limi
(“Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa
obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, tiklash va ishga tushirish”),
O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 
22-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasining 
ikkinchi qismi

26 — 28-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining
17-moddasining 
ikkinchi qismi

21

28

29-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida”gi
Qonunining 
50

51-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi
Qonunining 
15-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat
xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining
 8-moddasi
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling