274-modda. Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni
iste’mol qilishga jalb etish
(274-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,
03/18/503
/2080-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir
etuvchi boshqa moddalarni har qanday shaklda iste’mol qilishga jalb etish —
(274-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi
O‘RQ-503-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y.,
03/18/503
/2080-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(274-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
O‘sha harakat:
a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda
muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash joylarida;
v) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(274-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-
apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda
muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
29-bandi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |