O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


XXI bob. Bo‘ysunish va harbiy sha’nga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

XXI bob. Bo‘ysunish va harbiy sha’nga rioya etish tartibiga qarshi jinoyatlar
279-modda. Bo‘ysunmaslik
Bo‘ysunmaslik, ya’ni buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek,
buyruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik —
6

7
7
7
08/02/23, 15:24
Стр. 210 из 228


ikki yilgacha xizmat bo‘yicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish bilan
jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
b) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2.8-bandining
 ikkinchi xatboshisi
.
280-modda. Buyruqni bajarmaslik
Buyruqni ehtiyotsizlik orqasida bajarmaslik ko‘p miqdorda zarar yetkazilishi yoki og‘ir
oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
ikki yilgacha xizmat yuzasidan cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish
bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2.8-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling