82-modda. Jarima
Oldingi
tahrirga qarang.
Jarima bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda
tayinlanadi.
(82-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
12
,
15
,
16
,
17-bandlari
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Mahkum jarima to‘lashdan olti oy muddat mobaynida bo‘yin tovlasa, sud to‘lanmagan
jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimani majburiy
jamoat ishlarining ikki soatiga tenglashtirgan holda hisoblab, majburiy jamoat ishlari
tariqasidagi jazo bilan almashtiradi yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari
miqdoridagi jarimani axloq tuzatish ishlarining bir oyiga tenglashtirgan holda hisoblab, axloq
tuzatish ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi.
(82-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586
/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi
539-moddasi
, 542-moddasining
uchinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining
5-bobi
(“Jarima tariqasidagi jazoni
ijro etish”) va O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
to‘g‘risida”gi Qonunining
30
,
32
,
32 -moddalari
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |