O’zbekiston respublikasining konstitutsiyasi – inson xuquq va erkinliklarining kafolati. Reja: 1


Download 22.23 Kb.
bet1/2
Sana25.02.2023
Hajmi22.23 Kb.
#1228831
  1   2
Bog'liq
kONSTITUTSIYA


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI – INSON XUQUQ VA ERKINLIKLARINING KAFOLATI.
Reja:
1. Huquq va erkinliklar kafolatlari tushunchasi.
2. Huquq va erkinliklar kafolatlarining o`ziga xos xususiyatlari.
3. Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlari to`g`risidagi Konstitutsiyaviy qoidalar.
4. Xulosa.
Huquq va erkinliklar kafolatlari tushunchasi
Davlat mustaqilligini qo`lga kiritib, O`zbekiston rivojlangan huquqiy demokratik davlatni barpo qilish va adolatli fuqarolik jamiyatni shakllantirish yo`lini tanladi.
Demokratik fuqarolik jamiyatni qurishni maqsad qilib qo`ygan har qanday davlatning demokratlashuviga xos xususiyatlarni ko`rsatuvchi shartlaridan biri inson huquq va erkinliklarining qonunlarda to`liq belgilanishi hamda ularning ta'minlanishi uchun shart-sharoitlarning yaratilishi bilan belgilanadi. O`zbekistonda huquqiy demokratik davlatni qurishdan asosiy maqsad — ushbu davlatda yashovchi har bir fuqarolarning huquq va erkinliklarini to`la ta'minlashdan iboratdir. Tarixiy tajriba shuni ko`rsatadiki, inson huquq va erkinliklarini Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlanishi muhim ahamiyatga egadir, ammo ularni amalga oshirishning kafolatlangan, himoyalangan imkoniyatlari bo`lmasa, ular quruq gapligicha qolib ketadi. Mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklari to`g`risida 100 dan ortiq qonunlar, 200 dan ortiq qonun osti aktlari qabul qilindi. Inson huquqlarini himoya qilish Konstitutsiyaning bosh g`oyasi va maqsadi hisoblanadi. Inson huquq va erkinliklari kafolatlarining mazmun mohiyatini to`la tushinish uchun avvalo kafolat tushunchasiga to`xtalmoq zarurdir. O`zbek tilining izohli lug`atida bayon etilishicha: «Kafolat» so`zi bu — mas'uliyatni, javobgarlikni o`z zimmasiga olgan holda, ishontirish, kafillik, ta'minlash» ma'nosini bildiradi. Kafolat — bu fuqarolarga qonunda belgilab qo`yilgan huquq va erkinliklarni amalga oshirilishini ta'minlashga yordam beradigan vositalar, usullar va shart-sharoitlardir.

Download 22.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling