ia lE (E IE L®
lE ia i£ iwl
Microsoft Access 2010
Microsoft Excel 2010
Microsoft InfoPath Designer 2010
Microsoft InfoPath Filler 2010
Microsoft OneNote 2010
Microsoft Outlook 2010
Microsoft PowerPoint 2010
Microsoft Publisher 2010
Microsoft SharePoint Workspace 2010
Microsoft Word 2010
Microsoft PowerPoint dasturi prezentastion (taqdimot) grafikli dasturlar qatoriga kiradi. Bunday dasturlar o‘zida matnlar, rasmlar, sxemalar, grafiklar, animastiya effektlari, ovoz videokliplar va h.k. lardan iborat bo‘lgan slaydlar hosil qilish imkonini beradi. Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo‘lgan prezentastiyani (taqdimotni) kompyuter ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin.
Bu dastur bilan ishlashdan avval prezentastiya, slayd, animastiya tushunchalariga izoh beraylik.
Taqdimot - bu slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, tayyor material, doklad yoki konspekt shaklida bitta Файлda saqlanadi va uni ekranda namoyish qilinadi.
Slayd - bu prezentastiyaning alohida kadri bo‘lib, ichiga matn va sarlavhalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin.
Animastiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko‘rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar yig‘indisidan iborat.
Taqdimot tuzish - slaydlardan iborat prezentastiya yaratish ularni tahrirlash, ketma- ketligini ko‘rish va bezagini berishdir.
MS PowerPoint asosiy menyusi darchani yuqori qismida joylashgan bo‘lib u 10 ta bo‘limdan iborat: Файл, Главная, Вставка, Дизайн, Переходы, Анимация, Показ слайдов, Рецензирование, Вид va Надстройка. Bu bo‘limlar yordamida biz taqdimot, slayd va ularda joylashgan har xil matn, rasm hamda boshqa istalgan ob’ektlar ustidan turli xil amallarni bajarishimiz mumkin. Файл menyusini tanlaganda menyuning —Poslednie bandi aktiv holda ko‘rinadi va dastur oynasida 3 ta ustun ko‘rinishidagi takliflar hosil bo‘lib: birinchi ustunda — Файл menyusi elementlari, ikkinchi ustunda so‘nggi taqdimotlar va uchinchi ustunda esa, so‘nggi (oxirgi) saqlangan kataloglar ro‘yxati taklif etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |