O‘zbekiston respublikasining maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi aniq va tabiiy fanlar ta’limi metodikasi kafedrasi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari
Download 0.98 Mb.
|
AKT va media.Til va adabiyot chet tillar majmua 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARI
- PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR
- Media-ta’lim, media-savodxonlik tushunchalari va ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotida tutgangan o‘rni. MEDIA-TA’LIM
- MEDIASAVODXONLIK
MS Word matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tahrirlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib Microsoft tomonidan MS Office amaliy dasturlar paketining bir qismi sifatida ishlab chiqarilgan. Dastur matn muharriri sifatida ta’lim jarayonida hujjatlar bilan ishlashda ko‘p foydalaniladi. Dastur yordamida kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar, dars ishlanmalar, tarqatma materiallar tayyorlash mumkin.
MS Excel elektron jadvallar bilan ishlovchi dastur bo‘lib murakkab formula va funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Dastur tushinarli interfeys va elektron jadval dizaynini shakllantirish uchun ko‘plab uskunlar to‘plamiga ega. Dasturdan sinfdagi o‘quvchilar ro‘yxatini yaratish, dars jadvalini yaratish, davomat jadvalini yaratish, baholash jadvalini yaratishingiz mumkin. PowerPoint zamonaviy taqdimot yaratish uchun barcha imkoniyatga ega bo‘lgan dasturiy ta’minot. Dastur 1987-yil Robert Gaskins va Dennis Ostin tomonidan foydalanuvchilarga taqdim etilgan. Keyinchalik Microsoft tomonidan sotib olingan va jadal rivojlantirilmoqda. PowerPoint ko‘p tanlovli animatsiyalar va shablonlarga ega. Dastur ko‘plab multimedia Файлкпш qo‘llab- quvvatlaydi. MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARI Mul’timedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animastiya effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga etkazib berishni mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir. Multimedia (multimedia - ko‘p muhitlilik) - bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko‘rinishiga ega bo‘lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animastiya, video va h.k.) va turli xil tashuvchilarda mavjud bo‘lgan (magnit va optik disklar, audio va video lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog‘liq sohasidir. Multimedia - kompyuterda axborotning turli xil ko‘rinishlari: rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, annimastiya, shuningdek to‘laqonli videokliplar hamda videofilmlar bilan ishlashdir. Multimedia Multimedia- bu zamonaviy kompyuterli axborot texnologiyalari bo‘lib, matn, tovush, videotasvir, grafik tasvir va animastiyani (multiplikastiyani) yaxlit kompyuter tizimiga birlashtirish imkonini yaratadi. Birinchidan, foydalanuvchiga albatta interfaollikni taqdim etadigan, ya’ni inson va kompyuter o‘rtasida buyruqlar va javoblar almashinuvini ta’minlab, dialog muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot. Ikkinchidan, turli video va audio effektlar ishlatiladigan muhit. U tomoshabinga o‘zicha u yoki bu ilovani tanlash imkonini beruvchi videofilmni eslatadi. Multimedia mahsuloti - tarkibida musiqa taraladigan, videokliplar, animastiya, rasmlar va slaydlar galereyasi, turli ma’lumotlar bazalari va boshqalar kirishi mumkin bo‘lgan interfaol, kompyuterda ishlangan mahsulotdir. Multimedia texnologiyasi axborotni bir vaqtning o‘zida insonga tushunarli, ko‘p shakllar (jumladan, nutq, rasm, chizma, tasvir, musiqa, raqam va harflar) kombinastiyasida havola qila oladi. Bu texnologiya axborotni qidirish, nusxa olish va boshqa biror kompyuterga ko‘rsatilgan shaklda ko‘chirib o‘tkaza oladi hamda ularning xohlagan kombinastiyasini yarata oladi. Undan tashqari multimedia texnologiyasidan foydalanuvchi o‘zi dizayn bilan shug‘ullana olishiga imkon beradi, shuningdek statik (harakatsiz) va dinamik (harakatlanuvchi) tasvirlarni yaratishi hamda o‘z ijodiy ishining natijalarini aloqa kanallari orqali tashqi muhitga tar- qatishi mumkin. Multimedia tizimlarining jadallik bilan rivojlanishiga shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlarini kengayganligi va texnik, dasturiy vositalarining rivojlanishi sabab bo‘ldi. Oxirgi yillarda kompyuterning tezligi va xotira qurilmalarning sig‘imi keskin oshdi, shuningdek grafik imkoniyatlari kengayib, tashqi xotira qurilmalarining texnik ko‘rsatgichlari yaxshilandi. Multimedia texnologiyalarining rivojlanishiga videotexnika yo‘nalishi, lazer disklar, shuningdek yozish texnikasining hamda tovush va tasvirni hosil qilish texnologiyalarining rivojlanishi katta hissa qo‘shdi. Axborotlarni xotirada ixcham (zich) joylash va saqlash maqsadida tez va samarali o‘zgartirish usullarini yaratilishi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Multimedia vositalari- bu apparat va dasturlar to‘plami bo‘lib, u insonga o‘zi uchun tabiiy bo‘lgan turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animastiya va boshqalarni ishlatgan holda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi. Tasvirlarni yaratuvchi va ular bilan ishlovchi vositalar Skanerlar Tasvirlarni ko‘rish va ular bilan ishlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalarga Adobe Photoshop, Corel Photo-Paint, Paint Shop Pro, Microsoft Picture It!, Visualizer Photo Studio, Pixel image editor, PixBuilder Photo Editor, Fo2Pix ArtMaster lar kiradi. Ovoz yozish va ovoz tahrirlash vositalari. Ovozli Файлам kompakt diskka yozish, multimedia taqdimotlarini tayyorlash, videokonferenstiyalarni o‘tkazish, o‘yinlar o‘ynash, audio CD larni eshitish uchun ovoz platasi yoki audioadapter (audio - bu «ovoz», adapter esa manbadagi ma’lumotni kompyuterga o‘tkazuvchi texnik qurilma) deb nomlanuvchi karta zarur bo‘ladi. Ushbu tovushni qayta ishlovchi tovush platasi, tovush chiqarish vositasi, akustik tizimlar yoki yakka tinglagichlar hamda audio ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan mikrofon, ovozli kompakt-disk proigrbivatellari, ovoz kolonkalari va b. qurilmalarga ulanadi. Tovush platasiga, shuningdek magnitofon, elektr musiqa asboblari kabi audio komplektlar ham ulanishi mumkin. Audio adapter va uning bosh plataga ulanishi Video yozish va video tahrirlash vositalari. Video bilan to‘laqonli ishlash uchun video ma’lumotni kompyuterga mos shaklga va asliga qaytaruvchi moslama videokarta zarur. Unga videokamera, videomagnitofon va televizor kabi moslamalar ulanishi mumkin. Aksariat hollarda video elementlarni monitorda ifodalay olish etarli bo‘ladi. Shunday masalani hal etish uchun har qanday zamonaviy kompyuterda mavjud bo‘lgan video adapter va monitor etarlidir. Video adapter va uning bosh plataga ulanishi Ma’lumot tashuvchilar. CD-R(Compact DiscRecordable - yoziluvchi kompakt disk), CD- RW (Compact DiskRewritable- 1000 martagacha qayta yozish mumkin bo‘lgan disk) - lazerli (kompakt) diskga 650 Mbayt (700 Mbayt) hajmdagi ma’lumotni yozish mumkin. DVD (Digital Versatile Disk) disklar bir yoki ikki taraflama ma’lumot yozish imkoniyatini beradigan tarzda tayyorlanadi. Taraflari soniga qarab DVDlar DVD-5, DVD9, DVD-10, DVD14, DVD-18 turlarga bo‘linadi va mos ravishda 5, 9, 10, 14, 18 Gb ma’lumotni saqlaydi. HD DVD (yuqori aniqlikdagi raqamli universal disk) - DVD disklarga nisbatan yuqori aniqlik va hajmga ega. HD DVD disklar DVD disklarga qaraganda 5 marotaba ko‘proq axborotni saqlaydi. HD DVD disklardagi axborotlar bir qatlamli diskda 15Gb, ikki qatlamli diskda 30Gb ni tashkil qiladi. Blu-ray Disc, BD (ingl. blue ray — xavo rang nur va disc-disk)-optik disk tashuvchi formati bo‘lib, raqamli axborotlarni hamda yuqori aniqlikdagi videomateriallarni katta zichlikda yozish imkonini beradi. Blu-ray Disc dagi axborotlarni o‘qishda qisqa to‘lqinli lazer (405 nm) dan foydalaniladi. Ushbudisklardagi axborot hajmi bir qatlamli diskda 25Gb, ikki qatlamli diskda 50Gbni tashkil qiladi. Manipulyatorlar. Kompyuterni boshqarish uchun sodda, qulay va ommmabop bo‘lgan qurilmalardan biri bu manipulyator (sichqoncha) hisoblanadi. Sichqoncha, oyoq manipulyatori, sharikli manipulyator (trekbol), djoystik “Virtual borliq” vositalari. Virtual borliqqa kirishning eng oddiy yo‘li kompyuter ekrani hisoblanadi va bu borliqda sichqoncha, klaviatura, djoystik yordamida ishlash mumkin. Bulardan tashqari virtual borliqni yaxshiroq his etish uchun boshqa qurilmalarni ham ishlatish mumkin. Ular: Turli oynali ko‘zoynak - bu qurilma tasvirni o‘ch o‘lchamda (hajmli) ko‘rishga yordam beradi. Bir muncha murakkabroq ishlaydigan ko‘zoynak ham mavjud bo‘lib, uning ishlash prinstipi quyidagicha: ekran orqali ko‘zoynakning bitta ko‘ziga tasvir yuboriladi, ikkinchisi esa qorong‘u bo‘lib turadi. So‘ngra tasvir keyingi ko‘zga o‘tadi, shu tarzda tasvir ketma-ket ko‘rsatiladi va ko‘zoynak ekranida o‘ch o‘lchamli tasvir illyuziyasi hosil bo‘ladi. Virtual borliq shlemi(Head Mounted Display) - o‘ylab topilgan virtual borliqni to‘liq his etish uchun mo‘ljallangan qurilma. Tasvir hajmini ko‘rsatish uchun shlem ichida ikkita uncha katta bo‘lmagan ekran joylashgan bo‘lib, tasvir ham ikkiga bo‘linadi va ikkala ko‘z uchun alohida tasvir yaratiladi. Ushbu shlem 360 gradus sohadagi barcha tasvirlarni vizual ko‘rish imkonini beradi, hattoki bosh burilgan vaqtda mos ravishda tasvir joylashuvi ham o‘zgaradi . Axborotli qo‘lqop - virtuallik oshirish maqsadida ishlatiluvchi qo‘lqop bo‘lib, u yordamida virtual borliqdagi predmetlarni ushlash, surish va harakatga keltirish mumkin2. VR-kostyum - virtual borliqning eng to‘liq to‘plamli qurilmasi hisoblanadi. Tananing barcha nuqtalaridagi harakatni kuzatib boruvchi ko‘pgina magnitli sensorlardan iborat kombinzon. Multimedia tizimining dasturiy muhitini ham ikkiga bo‘lish mumkin: amaliy va ixtisoslashtirilgan. Amaliy dasturlar foydalanilayotgan yoki loyihalashtirilgan amaliy dasturlar. Ixtisoslashtirilgan dasturlarga multimedia ilovalarini yaratuvchi dasturiy vositalar kiradi. Bu toifadagi dasturlarga grafik muharrir, videotasvir muharriri, tovushli axborotni xosil qilish va muharrirlash vositalari kiradi. Kompyuter grafikasi - bu hisoblash tizimlarining dasturiy va apparat vositalari yordamida tasvirlarni hosil qilish va qayta ishlash vositalarini hamda uslublarini o‘rganuvchi, informatikaning sohasidir. Kompyuter grafikasi tasvirlarni monitor ekranida yoki nusxa sifa- tida tashqi tashuvchilar(magnit tashuvchilar, qog‘oz, kinoplyonka)da namoyish etishning turli ko‘rinishlarini va shakllarini qamrab oladi.Kompyuter grafikasi kompyuterlar, televizorlar va kinotexnologiyalar asosida yuzaga keladi. Kompyuter grafikasi 3 xil bo‘ladi: rastrli (nuqtali), vektorli fraktal. Ta’limda mul’timedia texnologiyalaridan foydalanish. Jahon miqyosida nazar soladigan bo‘lsak kompyuter grafikasi va dizayn juda ham keng darajada rivojlangan. Ularni amalda anchadan buyon qo‘llab kelishmoqda. Lekin bu yaratilayotgan barcha dasturlar, roliklar, dizaynlarning asosiy qismi kinofilmlar, multfilmlar, web-saytlar uchun yaratilmoqda. Maxsus saytlarda fanlarga mavzulashtirilgan multimediali darsliklarning kamligi, borlarini ham aniq bir fanni mavzularini to‘la yoritib bera olmasligi ta’lim sohasiga yanada ko‘proq e’tibor berish lozimligini e’tirof etadi. Lekin elektron darsliklar ichiga kiritilgan matnli yozuvlar, rasmlardan hozirda grafikaning eng zamonaviy yo‘nalishi bo‘lgan roliklarning yaratilishi saytlarga va shunga tegishli bo‘lgan narsalarga qiziqishni oshiradi. To‘g‘ri bu sohada ko‘p ishlar amalga oshirilgan. Darslarning multimedia imkoniyatlaridan foydalanib o‘tilishi o‘qituvchilarga bir qancha qulayliklar tug‘diradi. Chunki, shu fanga mavzulashtirilgan ovozli dasturlar, rasmli ishlanmalar, harakatli yozuvlar (prezentastiyalar), multiplikastiya ko‘rinishida yaratilgan filmlar, animastiyalar bir tomondan o‘qituvchi uchun yangillik bo‘lsa, ikkinchi tomondan ta’lim oluvchilar uchun qiziqarli va diqqatini o‘ziga jalb qiladi va mavzuni yaxshi o‘zlashtirilishiga turtki bo‘ladi. Multimedia texnologiyalarining afzalliklari va alohida xususiyatlarini sanab o‘tamiz: turli xil ko‘rinishdagi katta xajmdagi axborotlarni bitta diskda saqlash imkoniyati mavjud (bir necha bobli matnlarni, minglab yuqori sifatli tasvirlarni bir necha soatli film va roliklarni hamda tovushli axborotlarni); sifati saqlangan holda ekranda tasvirlarni qismlarga ajratish yoki ularni eng qiziq hamda kerakli qismlarini kattalashtirish imkoni mavjud; grafiklar, tasvir va rasmlarni qiyosiy tahlil qilish, ularning ko‘rsatgichlarini hisoblash, ilmiy yoki o‘rganish maqsadida dasturiy vositalar yordamida ishlov berish imkoniyati; tasvir yoki tasvirni yoritish maqsadida foydalanilgan matn hamda boshqa ko‘rsatilayotgan axborotdan kalit so‘zlarni yoki tasvirni kerakli qismini ma’lumot olish hamda tushuntirish uchun kerakli axborotni ajratib olish imkoniyatlari mavjud; statik yoki dinamik tasvirga monand uzluksiz musiqa hamda boshqa audio ta’minotini olib borish imkoniyati; «stop-kadr» (kadrni to‘xtatish) ish tartibidan foydalanib videoyozuv lavhasidan foydalanish imkoniyati; global Internet tarmog‘iga ulanish hamda uning resurslaridan foydalanish imkoniyati mavjud; grafik va tovush redaktorlari, kartografik axborot va matnlarga ishlov bera oladigan shaxsiy amaliy dasturlar bilan ishlash mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan afzallik va xususiyatlardan tashqari yana ko‘pgina imkoniyatlar ham mavjud, jumladan, tasvirni yaxlit yoki bir qismini avtomatik ravishda ko‘rish, tanlangan joyini saqlab qolish va belgilab qo‘yishlardir . Multimedia tizimlarini paydo bo‘lishi axborot texnologiyalarini rivojlanishiga va ilm- fanda, talimda, savdoda (biznesda) tibbiyotda keng ko‘lamda tadbiq etilishiga turtki bo‘ldi. Axborot texnollogiyalarining multimedia vositalari o‘quv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir: differenstial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilishi; o‘qish jarayonini baholash, teskari aloqa bog‘lashi; o‘zini-o‘zi nazorat qilish va tuzatib borishi; o‘rganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularning dinamik jarayonini ko‘rsatishi; fan mavzularida animastiya, grafika, multiplikastiya, ovoz kabi kompter va axborot texnologiyalardan foydalanishi; o‘quvchi-ta’lim oluvchilarga fanni o‘zlashtirish uchun strategik ko‘nikmalar hosil qilishi va hokazo. Shuningdek, multimedia vositalarining amaliy tomoni, ulardan o‘quv jarayonida foydalanish va kelgusida ta’lim tizimida o‘quv jarayoni uchun ma’lumotlar bazasini va animastion taqdimotlar yaratishdek muhim vazifani amalga oshirishga zamin hozirlaydi. Multimedia-gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animastiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy mahsulotda integrastiyalaydi; muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prostessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati operativ va video- xotira, katta sig‘imli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barobar oshirilishi talab etiladi; “inson-kompyuter” interaktiv muloqotning yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi; multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayerlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Rivojlangan mamlakatlarda o‘qitishning usuli hozirgi kunda ta’lim sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha tadbiq qilinmokda. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish ikki barobar unumli bo‘lishi bilan birga vaqtdan ham yutish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saklash 25-30% oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75% ortadi. Bunga multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga chet tillarni o‘rgatishda yana bir bor ishonch xosil qilindi. Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish kuyidagi afzalliklarga ega: berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati borligi; ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi; ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish; olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi. Multimedia vositalari asosida o‘qitish jarayonida aniq fanni kompyuter asosida to‘liq o‘qitish, ma’ruza matnlarini taxrirlash, o‘quvchilar topshirgan nazorat natijalarining tahlili asosida ma’ruza matnlarini bayon qilish uslubini yaxshilash, o‘quvchilar axborot texnologiyalarini multimedia vositalari asosida animastiya elementlarini dars jarayonida ko‘rishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Sifatli multimedia ilovalari ishlab chiqishga yo‘naltirilgan turli-tuman, bir biridan farqli texnologik usullar mavjud. Multimedia ilovalari quyidagilarga bo‘linadi: Taqdimot/prezentastiyalar(ing.presentation)-audiovizual vositalardan foydalanib ko‘rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan kompyuter animastiyasi, grafika, video, musiqa va tovushni o‘zida mujassam etadi. Odatda taqdimot ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, sstenariy va strukturaga ega bo‘ladi. Animastion roliklar. Animastiya - multimediali texnologiya; tasvirning harakatlanayotganligini ifodalash uchun tasvirlarning ketmaket namoyishi. Tasvir harakatini tasvirlash effekti sekundiga 16 ta kadrdan ortiq videokadrlarning almashinishida hosil bo‘ladi. O‘yinlar. O‘yin dam olish, ko‘ngil ochish ehtiyojlarini qondirish, organizmdagi zo‘riqishni yo‘qotish hamda ma’lum malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan multimedia ilovalaridandir. Videoilovalar - harakatlanuvchi tasvirlar ishlab chiqish texnologiyasi va namoyishi. Video tasvirlarni o‘qish qurilmalari - videofilmlarni boshqaruvchi dasturlar. Multimedia-galereyalar. Galereyalar-tovush jo‘rligidagi harakatlanuvchi suratlar to‘plami. Audioilovalar. Tovushli Oadnlarni o‘quvchi qurilmalar - raqamli tovushlar bilan ishlovchi dasturlar. Raqamli tovush- bu elektrik signal amplitudasining diskret sonlar bilan ifodalanishi. Web uchun ilovalar - bu alohida veb-sahifalar, uning tarkibiy qismlari (menyu, navigastiya v.b.), ma’lumot uzatish uchun ilovalar, ko‘p kanalli ilovalar, chatlar va boshqalar. PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR Pedagogik dasturiy vositalar - kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o‘quv fani bo‘yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qo‘shimcha yordamchi vositalar kiradi. Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin: o‘rgatuvchi dasturlar - o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi; test dasturlari-egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi; mashq qildirgichlar avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi; o‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo‘yiladigan talablar. Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an’anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, Pedagogik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi. Pedagogik dasturiy vositalarga qo‘yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat’iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, Pedagogiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o‘quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta’minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o‘rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to‘ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko‘rgazmalilik, faollashtirish (o‘qitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), o‘qitish natijalarini o‘zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi. Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ma’lum bir faning o‘ziga xosligini hisobga olish, axborotni zamonaviy metodlari o‘zaro bog‘liqliligi, o‘zaro aloqadorliligi, turli-tumanligi, amalga oshirilishi. Pedagogik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensorpersteptiv), tafakkur (tushunchaviy-nazariy, ko‘rgazmali-amaliy), diqqati (qat’iyliligi, boshqaga ko‘chishi), motivastiya (ishlashda faol shakllari, yuqori darajada ko‘rgazmalilik, o‘z vaqtida qayta aloqa yordamida o‘quvchilarning yuqori darajadagi motivastiyalarini doimiy ravishda rag‘batlantirish), xotira, tasavvuri, yoshi va individual Pedagogik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olib, o‘quv fani mazmuni hamda o‘quv masalalari murakkablik darajasi o‘quvchilarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos kelishi, o‘quv materialini o‘zlashtirishda ortiqcha his-hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta’sirlanishdan himoyalash) kiradi. Texnik talablarga shaxsiy kompyuterlar va ularning tashqi qurilmalari, test o‘tkaziladigan manbalar kiradi. Tarmoq talablariga «mijoz-server» arxitekturasi, Internetnavigatorlar, tarmoq operastion tizimlari, telekommunikastiya, boshqaruv vositalari (o‘qitish jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi. Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, o‘lchami, rangi), bezashning funkstional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi. Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yo‘nalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko‘rgazmalilik, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differenstiastiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funkstionalilik, ishonchlilik. Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: do‘stonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini tashkil etish. Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko‘zda tutadi. Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak: Pedagogik dasturiy vositalar - o‘quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o‘zaro bog‘liqligiga tayangan holda qurilishi. Pedagogik dasturiy vositalar o‘quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko‘rinishida ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy o‘zaro bog‘liqlikning hisobga olinishi. Pedagogik dasturiy vositalarda ta’lim oluvchiga o‘quv materialini bosqichma-bosqich o‘zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o‘quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish. Pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llash asosida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda o‘quvchilarning funkstional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar ko‘proq ma’lumotlarni yoritishga intilishi o‘quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. O‘z navbatida ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma’lumotlarni o‘zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, o‘quvchining o‘zini his qilishi va sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladi. Fiziologik-gigienik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar kompyuterda ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati o‘zlashtiriladigan ma’lumotlar hajmiga teskari proporstional ravishda o‘zgarib borishini e’tirof etadi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi: ko‘rish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi; yangiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi dastlabki ruhiy ko‘tarinkilikning tinib qolishi; yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqlik va xatoliklar шФан.п salbiy hissiyotlarning yig‘ilib borishi; katta miqdordagi ta’limiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot resurslarini faol o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi. Bu holat ta’lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi. Media-ta’lim, media-savodxonlik tushunchalari va ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotida tutgangan o‘rni. MEDIA-TA’LIM Media-ta’lim hozirgi davrda shaxsning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonini anglatadi. Media-ta’lim — bu media mahsulotlari bilan: muloqot madaniyatini kommunikativ imkoniyatlari tanqidiy tafakkuri mediamatnini to‘liq qabul qilish; intepritatsiya etish; tahlil qilish hamda baholashdan iborat. Media-savodxonlik insonga ekranli san’atni: televideniye; radio; video; kinomotograf; pressa; matbuot internet va boshqalarni taqdim etadi. MEDIASAVODXONLIK Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling