O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona qoidalarini


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet236/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

227 -modda. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona qoidalarini
buzgan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish,
ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona nazoratini chetlab o‘tib yoxud
bojxona nazoratidan yashirib yoxud hujjatlar yoki bojxona identifikatsiyalash vositalaridan aldov
yo‘li bilan foydalanib olib kirilgan yoxud deklaratsiyalanmagan yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalangan
holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, shuningdek ushbu
tovarlar va transport vositalaridan foydalanish yoki ularni tasarruf etish, xuddi shuningdek boj
to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, bunday imtiyozlar berilishiga sabab bo‘lganidan boshqa
maqsadlarda foydalanilayotgan yoxud tasarrufdan chiqarilayotgan tovarlar va transport vositalarini
bojxona organining ruxsatisiz tashish, saqlash va sotib olish, —
(227 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi
O‘RQ-577-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son
— 2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh
baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(227 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-
577-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 03/19/577/3975-son —
2020-yil 2-fevraldan kuchga kiradi)
Keyingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining
besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(227 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling