O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet181/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

196 -modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari
harbiy xizmatchilarining o‘z xizmat burchini bajarishiga qarshilik ko‘rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining
o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har
qanday shaklda da’vatlar qilish, xuddi shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilariga ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish
maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima
solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(196 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-apreldagi O‘RQ-832-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2023-y., 03/23/832/0228-son)
197-modda. Prokurorning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish va uning talablarini
bajarmaslik
Dalolatnoma va boshqa zarur hujjatlar, materiallar va ma’lumotlar taqdim etishning
tekshirishlar va taftishlar o‘tkazishni, mutaxassislar ajratishni rad etishda, prokuraturaga kelishdan,
qonunni buzganlik to‘g‘risida tushuntirish berishdan bo‘yin tovlashda ifodalangan prokurorning
qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish va uning talablarini bajarmaslik, xuddi shuningdek prokuror fikri
bildirilgan hujjatlarni ko‘rib chiqmaslik yoki ularni to‘liq hajmda bajarmaslik, shuningdek
prokurorning g‘ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda
bo‘lmasin biron bir ta’sir ko‘rsatganlik —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(197-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 257-II-sonli “Prokuratura to‘g‘risida”gi
Qonuni 
6-moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling