O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bo‘sh ish o‘rinlarini yashirish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet240/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

229-modda. Bo‘sh ish o‘rinlarini yashirish
Bo‘sh ish o‘rinlarini (vakant lavozimlarni) yashirish, bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) yoki
har bir xodim bo‘shatib olinishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi axborotni o‘z vaqtida taqdim etmaslik,
Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga ajratmalarni to‘lashdan bo‘yin tovlash,

Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(229-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(229-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
230-modda. Fuqarolik holati aktlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
(230-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolik holati aktlarini yozish organlariga atayin yolg‘on ma’lumotlar berish yoki tegishli
organlarga qonunchilikda nazarda tutilgan fuqarolik holati aktlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
taqdim etmaslik —
(230-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(230-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik
holati dalolatnomalarini yozish organlari to‘g‘risida 
nizom
”.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etishni ta’minlashga doir
choralarni vasiylik va homiylik organlarining yoki tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari,
topib olingan (tashlab ketilgan) bola turgan muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘rmaganlik, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
Tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari tomonidan tug‘ilishni va o‘limni o‘z vaqtida
qayd etishni ta’minlash choralarini ko‘rmaganlik, xuddi shuningdek tug‘ilganlik to‘g‘risidagi tibbiy


ma’lumotnomani yoxud o‘lim haqidagi, shu jumladan perinatal o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy
guvohnomani noto‘g‘ri va (yoki) noaniq to‘ldirganlik, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(230-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y.,
03/20/603/0071-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling