O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Jamoat fondining xarajatlarni belgilangan eng yuqori miqdordan oshirib


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet247/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

239 -modda. Jamoat fondining xarajatlarni belgilangan eng yuqori miqdordan oshirib
yuborishi va yillik hisobotni e’lon qilmasligi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamoat fondining har yilgi ma’muriy xarajatlarining jami summasini, shuningdek fondning
vasiylik kengashi hamda taftish komissiyasi a’zolariga haq to‘lash hamda ularning o‘z vazifalarini
bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilishni qonunchilikda belgilangan miqdordan
oshirib yuborishi —
(239 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga xarajatlarning eng yuqori summasidan oshib ketgan miqdordagi pul
mablag‘larini musodara qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(239 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Jamoat fondining mol-mulkdan foydalanganlik to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni e’lon qilmasligi

Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(239 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling