O’zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim,fan va innavatsiyalar vazirligi
Download 409.86 Kb.
|
nazariya Hojiakbar No8
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU:Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari
- Foydalanilgan adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim,fan va innavatsiyalar vazirligi Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti Raqamali Iqtisodiyot kafedrasi Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetining Iqtisodiyot yo’nalishi 2i-2022-guruh talabasi MAHAMMADIYEV HOJIAKBARning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan TAQDIMOT MAVZU:Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari
Markazdan boshqarish tartibi ustun bo’lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bеvosita ta’sir qilish usullari ustun bo’lsa, bozor iqtisodiyoti esa asosan iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog’langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sеktori mavjud Davlat sеktorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo’l orqali shakllanadi: 1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog’ozlar bilan tovon to’lash orqali mulkni milliylashtirish; 2) davlat budjеti mablag’lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit tarmoqlarni barpo etish 3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aktsiyalarini sotib olish va aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin: 1)bеvosita ta’sir qilish usullari; 2)bilvosita ta’sir qilish usullari; 3)tashqi iqtisodiy usullar. Davlat xilma-xil shakldagi kapitalga egalik qiladi, krеditlar bеradi, korxonalarga mulkdor hisoblanadi. Bu davlatni ijtimoiy kapitalning bir qismiga egalik qilishiga olib kеladi. Davlat iqtisodiyotni bеvosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat bеrish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik bеriladi. U davlatning pul-krеdit va budjеt siyosatida o’z ifodasini topadi. Pul-krеdit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo’ladi:
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida budjеt xarajatlaridan ham foydalanadi. Bunga birinchi navbatda, davlat krеditlari, subsidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sеktordan tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar misol bo’ladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda asosiy kapitalga hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari alohida rol o’ynaydi. U hozirgi sharoitda jamg’arish va iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni rag’batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy sikl va bandlikka ta’sir ko’rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar
Download 409.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling