O`zbekiston respublikasining oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti


Download 24.41 Kb.
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi24.41 Kb.
#199810
1   2   3   4
Bog'liq
11-Laboratoriya ishi IAKT va T (Amaliy)

  Axborotning  himoyasi  deb,  boshqarish  va  ishlab  chiqarish  faoliyatining

axborot  xavfsizligini  ta’minlovchi  va  tashkilot  axborot  zahiralarining  yaxlitliligi,

ishonchliligi, foydalanish  osonligi  va maxfiyligini ta’minlovchi  qat`iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.

Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:

axborotning  kelishuvsiz  chiqib  ketishi,  o’g’irlanishi,  yo’qotilishi,

O’zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;

shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo’lgan xavf – xatarning oldini olish;

axborotni  yo’q  qilish,  o’zgartirish,  soxtalashtirish,  nusxa  ko’chirish,

To’siqlash bo’yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;

hujjatlashtirilgan  axborotning  miqdori  sifatida  huquqiy  tartibini

Ta’minlovchi,  axborot  zahirasi  va  axborot  tizimiga  har  qanday  noqonuniy

aralashuvlarning oldini olish;

axborot  tizimida  mavjud  bo’lgan  shaxsiy  ma’lumotlarning  shaxsiy

maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion huquqlarini himoyalash;

davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning konfidensialligini saqlash;

axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish,

ishlab chiqish va qo’llashda sub`ektlarning huquqlarini ta’minlash.

Axborot  xavfsizligining  huquqiy  ta’minoti  axborotni  himoyalash  tizimida

bajarilishi  shart  bo’lgan  qonun  chiqarish  aktlar,  me’yoriy-huquqiy  hujjatlar,

qoidalar  yo’riqnomalar,  qo’llanmalar  majmui.  Hozirda  axborot  xavfsizligining

huquqiy  ta’minoti  masalasi ham  amaliy,   ham  qonunchilik  jihatidan  faol o’rganib

chiqilmoqda.

Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida

telekommunikatsiya  va  hisoblash  texnikasi  vositalari,  dasturiy  ta‟minot  va

intellektual  bilim  ishlatiladi.  Kompyuter  jinoyatchiliklarini  qilish  sohasi  sifatida

nafaqat  kompyuterlar,  global  va  korporativ  tarmoqlar    (Internet),  balki  axborot

texnologiyasining  zamonaviy,  yuqori  unumli  vositalari  hamda  axborotning  katta

hajmi ishlanadigan, masalan, statistik va moliya institutlari tanlanadi.

Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish uchun

Qo’lda yoki  hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlil qilish

natijasida  qandaydir  muayyan  yechimlarni  olish  va  ularni  aloqa  kanallari  orqali

uzatishsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Kompyuterga ham tajovuz ob`ekti, ham tajovuz

qiluvchi instrument sifatida qarash mumkin.

Agar  axborotning  o’g’irlanishi  moddiy  va  ma’naviy  boyliklarning

Yo’qotilishi bilan bog’liq bo’lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi. Shuningdek,

agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaatlari bog’liq bo’lsa, jinoiy

javobgarlik  O’zbekiston  Respublikasi  qonunlarida  bevosita  ko’zda  tutilgan.  Har

qanday  davlatda  axborot  xavfsizligining  huquqiy  ta‟minoti  xalqaro  va  milliy huquqiy me’yorlarni o’z ichiga oladi.

Axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy me’yorlari

Axborotni himoyalash konsepsiyasi

Konsepsiya–axborot  xavfsizligi  muammosiga  rasmiy  qabul  qilingan

qarashlar  tizimi  va  uni  zamonaviy  tendensiyalarni  hisobga  olgan  holda  yechish

yo’llari.

Konsepsiyada  ifodalangan  maqsadlar,  masalalar  va  ularni  bo’lishi  mumkin 

bo’lgan  yechish  yo’llari  asosida  axborot  xavfsizligini  ta’minlashning  muayyan 

rejalari shakllantiriladi. 

 Konsepsiyani ishlab chiqishni uch bosqichda amalga oshirish tavsiya etiladi.  

Xavfsizlikning huquqiy ta’minoti Xalqaro huquqiy me’yorlar Milliy huquqiy me’yorlar 

 Bitimlar 

Shartnomalar 

Litsenziyalar 

Patentlar 

Mualliflik 

huquqlari 

Konstitutsiya 

Farmonlar 

Kodekslar 

Yo`riqnomalar 

Amal qilinadigan hujjatlar 

Me‟yoriy aktlar 


Axborot himoyasi konsepsiyasini ishlab chiqish bosqichlari 

 Birinchi  bosqichda  himoyaning  maqsadli  ko’rsatmasi,  ya’ni  qanday  real 

boyliklar, ishlab chiqarish jarayonlari, dasturlar, ma’lumotlar bazasi himoyalanishi 

zarurligi  aniqlanishi  shart.  Ushbu  bosqichda  himoyalanuvchi  alohida  ob`ektlarni 

ahamiyati bo’yicha tabaqalashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

 

Ikkinchi    bosqichda  himoyalanuvchi  ob`ektga  nisbatan  bo’lishi  mumkin 



bo’lgan  jinoiy  harakatlar  tahlil  qilinishi  lozim.  Iqtisodiy  josuslik,  terrorizm, 

sabotaj,  buzish  orqali  o’g’irlash  kabi      keng  tarqalgan  jinoyatchiliklarning    real   

xavf-xatarlik  darajasini  aniqlash  muhim  hisoblanadi.  So’ngra,  niyati  buzuq 

odamlarning  himoyaga  muhtoj  asosiy  ob`ektlarga  nisbatan  harakatlarining 

ehtimolligini tahlil qilish lozim.  

 Uchinchi  bosqichning  bosh  masalasi  –  vaziyatni,  xususan  o’ziga  xos 

mahalliy  sharoitni,  ishlab  chiqarish  jarayonlarini,  o’rnatib  qo’yilgan  himoyaning 

texnik vositalarini tahlil qilishdan iborat.  




Download 24.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling