O`zbekiston respublikasining oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti 510900-Pedagogika va psixologiya kafedrasi


Download 49.74 Kb.
bet7/8
Sana05.01.2022
Hajmi49.74 Kb.
#203648
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdishukurov shohruh kurs ishi

2.2 Komil Inson tarbiyasi

Komil inson tarbiyasi hamma davrlarda muhim ijtimoiy vazifa hisoblanib, yaxshi tarbiya koʻrgan insonga jamiyat boyligi deb qaralgan. Inson ziynati u egallagan bilimlari bilan oʻlchangan. Islom dini taʼlimotida bilimli insonlar yetuk deb sanalsa, mutafakkirlarimiz qarashlarida komil inson boʻlish uchun koʻpgina xususiyatlarni egallash lozimligi oʻz aksini topganini koʻrishimiz mumkin.Avloniyning fikricha, odam tugʻilishidan yomon xulq bilan tugʻilmaydi. Muayyan bir sharoitda yomon tarbiya natijasida ularda yomon xulq paydo boʻladi va shakllanib boradi. Insondagi qobiliyatni kamolga yetkazish tarbiya bilan amalga oshadi. Agar inson yaxshi tarbiya topib, yomon xulqlardan saqlansa, goʻzal xulqlarga odatlanib, voyaga yetsa, u barchaning hurmati va eʼtiboriga sazavor boʻladi. Aksincha boʻlsa, har qanday buzuq ishlarni qiladigan, nodon, johil, yovuz bir odam boʻlib yetishadi.Abu Nasr Forobiy deydiki, inson kamolotga yolgʻiz oʻzi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada boʻlish, ularning koʻmagi yoki munosabatlariga muhtoj boʻladi. Bunga taʼlim-tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish orqali ham erishish mumkin. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan taʼlim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamolga yetkazadi. Natijada inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini toʻgʻri bilib oladi, hayotda toʻgʻri yoʻl tutadi, boshqalar bilan yaxshi munosabatda boʻladi. Komil insonni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yoʻnalishi ekanligiga urgʻu beradi.Abu Rayhon Beruniy komillikning asosini ilmli boʻlishda deb hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urgʻu beradi. Allomaning fikricha, axloqiylik, toʻgʻrilik, odillik, tadbirkorlik, oʻzini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, adolatli va vijdonli boʻlish komil inson qiyofasida aks etishi zarur boʻlgan eng asosiy sifatlardir.Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning bosh mezoni sifatida bilimli boʻlishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli boʻlishi esa uning yanada yuksalishini taʼminlaydi, deya baholab, adolat ruhiy xotirjamlikning muhim koʻrsatkichi ekanligini uqtiradi. Bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy, aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirish, uni chin inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy oʻrinni egallaydi va oʻz orzusidagi yetuk shaxsni asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. U komil inson aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sogʻlom, jismonan baquvvat, mard va jasur boʻlishi lozimligini taʼkidlaydi.Shuningdek, ilm oʻrganish mashaqqatli yumush boʻlib, uni oʻrganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib oʻtishga toʻgʻri kelishi, bu yoʻlda chidamli, qanoatli, bardoshli boʻlish orqaligina mukammal bilimga ega boʻlish mumkinligini uqtiradi.Yusuf Xos Hojib har bir kishi jamiyatda munosib boʻlib kamol topmogʻi kerak, degan qarashni ilgari suradi. Buning uchun u tugʻilgan kunidan boshlab zarur tarbiyani olmogʻi lozim. Oilada qobil qizni tarbiyalash haqida fikr yuritar ekan, eng avvalo onalarning maʼrifatli boʻlishlari muhimligini taʼkidlaydi. Farzand tarbiyasi qancha erta boshlansa, shundagina ularning nooʻrin xatti-harakatlarga berilishining oldi olinadi.Husain Voiz Koshifiyning uqtirishicha, insonni taʼlim-tarbiya orqali qayta tarbiyalash, aqliy qobiliyatini oʻstirish mumkin. U oʻzining pedagogik qarashlarida bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini oʻstirish masalasiga alohida eʼtibor beradi. Ota-onalar, muallimlardan bu masalaga jiddiy yondashishlarini talab etadi. Bunda oilaviy hamda tashqi muhit muhim oʻrin tutadi. Bolaning toʻgʻri soʻzli, vaʼdaga vafodor, yaxshi xulqli boʻlib tarbiyalanishida ichki va tashqi muhitning ahamiyati katta.Saʼdiy Sheroziy fikricha, oila, ota-ona bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilaning tayanchi otadir. U masʼuliyatli tarbiyachidir. Oʻz bolalarini tarbiyalashi, oʻqitishi, hunarga oʻrgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak. Bola qobiliyatli va kamqobiliyatli boʻlishi mumkin. Qobiliyat oʻz-oʻzidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, tarbiya boʻlmasa, boladagi qobiliyat soʻnadi. Mutafakkir tarbiyani uchta asosiy turga: aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga boʻladi. Adib bola tarbiyasida ota-onaga, yaʼni oilaviy tarbiyaga katta eʼtibor beradi.Komil Xorazmiy esa ilm-hunar, ilm-maʼrifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy-maʼnaviy hayotning rivoji uchun xizmat qilishini taʼkidlaydi. U insondagi kamtarlikni eskirmaydigan, eng goʻzal insoniy fazilat deb biladi. Bu fazilatlarga ega boʻlganlar obroʻ-eʼtiborli, komil insonlardir. Chunki kamtarlik insonni turli noxushlik va xijolatdan saqlaydi hamda obroʻsini oshiradi.Shoir, tarixshunos, tarjimon va xattot Shermuhammad Munis Xorazmiy tilga koʻp erk bermaslikni maslahat beradi. Uning taʼkidlashicha, ortiqcha soʻzamollik kishi boshiga qattiq tosh boʻlib tegishi mumkin. Shoir oʻz asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli boʻlishga, jaholatdan yiroq turishga daʼvat etadi. Uning fikricha, adolat sharaf koʻrki, osoyishtalik, xushnudlikdir. U yoshlarni kattalar bilan muloqotda kamtarlikka, ularni hurmat qilib eʼzozlashga chorlaydi.Mohlaroyim (Nodira)ning inson va tabiatga nisbatan qarashlarida faqat shaxsiy tuygʻu emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy anʼanalarning roli haqidagi fikrlari ham namoyondir. U tarbiyani insonparvarlik gʻoyalari – adolat, insof, xalq manfaati bilan bogʻlaydi. Nodira hayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, kimki tiriklik chogʻida yaxshilik bunyod etgan boʻlsa, oʻzining bu ezgu ishlari bilan oʻzidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi.Muhammad Rizo Ogahiyning ijodiy qarashlarida nafosat tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy milliy anʼanalarimizdan mehmondoʻstlikni goʻzal fazilat deb hisoblaydi. Mehmonga chuqur hurmat bilan qarash, mehmon kutish, kuzatish odobi Ogahiy ijodida oʻz ifodasini topdi, odamlarni bu fazilatni egallashga daʼvat etdi. Insonga doʻst va dushmanni ajratib olish, hayotda oʻz oʻrnini topib olishda gʻoyat muhimligini aytadi. Uning fikricha, toʻgʻrisoʻz kishilar hayotda qiyinchilik bilan yashasalar-da, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar. U ilmlarni mukammal egallash va til bilish, goʻzal xislatlarni oʻzlashtirish insonni kamolotga eltuvchi yoʻl deb biladi.Berdimurod Berdaq ijodini kuzatar ekansiz, shoir insonning shaxsiy baxtini xalq baxti bilan bogʻliq deb bilishini anglaysiz. Berdaqning fikricha, inson oliy axloqiy sifatlarga, chunonchi, begʻarazlik, olijanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik kabi fazilatlarga ega boʻlishi lozim. U yoshlarning aqliy tarbiyasida maktabning oʻrni katta ekanligini taʼkidlaydi. Maktabda bolani yaxshi xulq-atvorli qilib tarbiyalash lozim. Ayniqsa, dars beruvchi muallim oʻz xushmuomalaligi, pok qalbliligi, haqgoʻyligi, oʻz fanini puxta bilishi bilan bolalarga oʻrnak boʻlishi kerak. U inson tugʻilgan kunidanoq tarbiyaga muhtojdir, uning ilk tarbiyachilari, albatta ota-onadir, deb biladi.Mirzo Ulugʻbek Markaziy Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan, pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan ulugʻ siymolardan biri. U avvalo yosh avlodning aqliy va maʼrifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga daʼvat etadi. Faqat rivojlangan fan va madaniyat inson tafakkurining kamol topishini taʼminlashiga ishonadi. Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga boʻlgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim oʻrin egallaydi. Oilada ota-ona ayniqsa, oʻqimishli ota-ona oʻz farzandlarining haqiqiy inson boʻlib kamol topishiga alohida eʼtibor berishi lozim.

Xulosa

Bola ota-onasi huzuridagi omonat bo’lib, uning qalbi pokiza gavhardir.U har qanday naqshni qabul qilaveradi.Agar yaxshilikka o’rgatilsa, o’shanday o’sadi. Uning savobiga ota-onasi va murabbiysi sherik bo’ladilar. Agar yomonlikka o’rgatilsa, o’shanday o’sadi.Uning gunohi valiysiga bo’ladi.Valiy uni saqlashi, ta’lim-tarbiya bermog’i lozim.Ne’matlarga qiziqishga odatlantirmasin.Uni zebu ziynatga ruju qo’yishga qiziqtirmasin. Toki, katta bo’lganda zebu ziynat ortidan yurib umrini zoe qilmasin. Ota-ona bolani kichikligidan, umrining avvalgi kunlaridan ehtiyotkorlik bilan kuzatib borishi kerak. Uni faqatgina dindor va halol yeydigan ayolga emizdirsin. Haromdan hosil bo’lgan sutda bo’lmaydi. Bolalarni iloji boricha maktab yoshidanoq o’z vujudiga o’zi xojalik qilishiga odatlantiring. Odam o’z ruhiyatini ongli ravishda boshqara bilsa, bemalol qon bosimi, qand moddasi va gormonlar miqdorini idora etishi, qon tomirlarini kengaytirishi, yurak urishini tartibga solishi, og’riq va charchoqlarni bartaraf qilishi, tana haroratini tushirishi, nohush asabiy tangliklardan saqlanishi mumkin. Farzand tug’ilganidan boshlab ota-ona qo’lida omo­nat ekan, Islom dini ularga bola ko’zlarini ochishi bi­lan unga to’g’ri ichki fazilatlarni singdirishni buyura­di. Bola aqlini taniganidan boshlab jur'at vashijoat, kamol shiori, boshqalarni yaxshi ko’rish, g’azabini bosish kabi chiroyli fazilatlar bilan ziynatlab o’stirish ham ota-onalarning muhim tarbiyaviy burchidir. Bunday tar­biyadan ko’zlangan maqsad - bolaning shaxsiyatini rivoj­lantirish… Toki u balog’atga yеtib, mukallaf bo’lgach, o’z vazifalarini eng chiroyli suratda ado etsin.Shuning­dеk, bolani o’z shaxsiyatini chеklaydigan hayotga yomon na­zar bilan qarash, shumlanish (pissimistik fikrlar) va shularga sabab bo’ladigan barcha omillardan yiroq tu­tish lozim. Bugungi kun murabbiylari va ota-onalari far­zandlari ochiqso’zlik, komil jur'at bilan voyaga yеtish­lari uchun alohida ahamiyat bеrmoqliklari lozim.Qaysi bir bilim sohasini olib qaramaylik, uning taraqqiyoti ko’p jihatdan o’tmish tajribasiga mustahkam bog’liq bo’lganligining guvohi bo’lamiz. Bu ayniqsa, pedagogika fani taraqqiyoti uchun xosdir. Bu masalada biz milliymadaniy meros va uni o’zlashtirishga tayanib ish ko’ramiz. Chunki o’tmish progressiv tajribalariga, metod va usullariga tayanmasdan turib, yosh avlodni yuksak axloqli qilib tarbiyalash mumkin emas. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaritarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda». Sharq xalqlari ko’p asrlarga borib taqaluvchi madaniyatga ega ekanligi hammaga ayon. Ana shu madaniy yodgorliklar inson qo’li, aqli, mahorat va malakasi o’tmishdan qabul qilib olgan hayotiy tajribasi natijasidagina milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga, san’at va adabiyot asarlariga aylangan demak, madaniyat o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmay, ko’p darajada ta’lim va tarbiya mevasi sifatida shakllangan. Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo’lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida ta’limiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g’oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ulug’ allomalarimizdan Forobiyning ta’kidlashicha, insonni tarbiyalash ikki xil usul yordamida olib borilishi mumkin. Tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarini – bilimli bo’lishga, to’g’rilik va haqiqatni sevishga, jasur do’stlarga sadoqatli bo’lish singari fazilatlarni egallashga intilmoglozim.Bunday insoniy fazilatlarga ega bo’lish uchun baxt – saodatga eltuvchi jamoa bo’lishi kerak.Forobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan uning ikki tomoniga: aql –ongiga axloqiga (xulq - atvoriga) e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim – tarbiya, uning fikricha, insonning aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham etuk mukammal kishi qilib etishtirishga qaratilmog’i lozim.Forobiy ta’lim – tarbiya ishiga kirishilishi, uni boshlashdan avval odamlarning shaxsiy xislatlarini bilish lozimligini aytadi. Uning fikricha insoning hohishi, ixtiyor, iroda, yaxshilik va yomonlik kabi xislatlarini, nimaga qobiliyati borligini aniqlamay turib ishga kirishish kutilgan natijani bermaydi.Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonni o’z mohiyati bilan ijtimoiy, ya’ni faqat jamiyatda, o’zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi.


Download 49.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling