O‘zbekiston respublikasining pul tizimi to‘G‘risida ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi pul tizimining va bu tizim amal qilishining huquqiy asoslarini belgilab beradi
Download 239.08 Kb. Pdf ko'rish
|
123123 (2)
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PUL TIZIMI TO‘G‘RISIDA Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi pul tizimining va bu tizim amal qilishining huquqiy asoslarini belgilab beradi. 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi – rasmiy pul birligini, pul muomalasini tashkil etish va boshqarib borishni o‘z ichiga oladi. 2-modda. O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi (valyutasi) sifatida Rossiya Federatsiyasining valyutasi – rubldan foydalaniladi, u Rossiya Federatsiyasining Markaziy banki tomonidan muomalaga chiqariladi. Bir rubl 100 kopeykadan iborat. O‘zbekiston Respublikasi hududida boshqa pul birliklarini kiritish hamda soxta pullar chiqarish man etiladi. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilgan rubllar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki balansida aks ettiriladi. 4-modda. Rublning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa davlatlar pul birliklariga nisbatan rasmiy kursini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki har hafta Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki belgilaganidek e’lon qilib boradi. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashqi iqtisodiy faoliyat olib borish hamda o‘zining pul daromadini O‘zbekiston Respublikasidan chet el valyutasida olib chiqib ketish huquqiga ega bo‘lgan mijozlarning joriy ehtiyojlarini qondirish uchun Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki belgilaydigan kurs bo‘yicha Rossiya rublini erkin muomaladagi chet el valyutasiga moneliksiz almashtirilishini ta’minlaydi. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pulni tarkib toptirish, muomalaga chiqarish va yig‘ib olishni faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki respublika hududida muomala vositasi sifatida rubldan foydalanish bilan bog‘liq o‘zaro majburiyatlar va talablar to‘g‘risida Rossiya Federatsiyasi bilan tuzilgan Bitimga muvofiq ravishda amalga oshiradi. 7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga chiqargan pullar Rossiya Federatsiyasi muomalaga chiqargan bank biletlari (banknotlari) va metall tangalardan iborat bo‘ladi. Yangi namunadagi banknotlar va tangalar muomalaga chiqarilishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi. 8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z hisobidagi pullar hajmining o‘zgarishiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqibgina O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lgan pul massasini o‘zgartiradi. 9-modda. Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki muomalaga chiqargan banknotlar va tangalar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha turdagi to‘lovlarda, hisoblarga, jamg‘armaga, akkreditivlarga o‘tkazish uchun, shuningdek pul o‘tkazish operatsiyalari uchun amaldagi qiymati bo‘yicha qabul qilinishi shart. Tayanch iboralar. Pul tizimi. Pul tizimi elementlari. Pul tizimi turlari. Valyuta.Nafaqa. Xaqiqiy pullar.valyuta kursi. Tangalar. Kredit munosabatlari. Tovar-pul munosabatlari. ssuda foizi. bank foizi. tijorat krediti foiz. iste’mol krediti foizi. lizing shartnomalari bo‘yicha foiz. davlat krediti bo‘yicha foiz . Markaziy bank hisobiga foiz. Lombard krediti bo‘yicha foiz. Depozit foizi. Banklararo kredit foizi. «Narx bo‘yicha ustunlik» usuli .yillik foiz stavkalari .oddiy foiz stavkalari .diskont foiz stavkalari .murakkab foiz stavkalari .eng yuqori foiz stavkalari .bank aktivlari bo‘yicha foiz .marja .foizli marja .foizsiz sof marja .qat’iy belgilangan foiz stavkasi .suzib yuruvchi foiz stavkasi .LIBOR .nominal foiz stavkasi .real foiz stavkasi .«Qiymat plyus» usuli .«Praym-reyt» usuli «KEP» usuli .inflatsiyani hisobga olgan holda foiz stavkasi PUL VA BANKLAR FANIDAN TEST SAVOLLARI 1. Dastlabki davrda pulning vujudga kelishiga nima sabab bo'lgan? A. Ishlab chiqaruvchilaming foyda olishga bolgan harakati. B. Tovar-pul munosabatlarininig rivojlanishi. D. Ayirboshlash munosabatlarining vujudga kelishi. E. Mehnat taqsimotining rivojlanishi. 2. Ayirboshlash munosabatlarining faollashishiga nimalar turtkibo‘ldi? A.Ishlab chiqarishning natural xo'jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga otilishi. В. Ishlab chiqaruvchi subyektlaming bir-biriga o‘zaro bogliqligining vujudga kelishi. D. Ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’minlanganligi. E. Barcha javoblar to'g'ri. 3. Pulning vujudga kelishini yoritishda asosiy e’tibor uning: A. Ayriboshlash xususiyatiga qaratiladi. B. Evolyutsion nazariyasiga qaratiladi. D. Qiymat shaklining rivojlanishiga qaratiladi. E. Sotib olish qobiliyatiga qaratiladi. 4. Pulning qiymat shakli nechta ko'rinishda namoyon bo'ladi? A. To'rtta. B. Beshta. D. Uchta. E. Tog'ri javob yo‘q. 5. Dastlabki tangalar qachon zarb etilgan? A. Eramizdan awalgi X asrning boshlarida. B. Eramizdan awalgi VII asrda. D. Eramizdan awaligi V asrda. E. Eramizdan awalgi III asrda. 6. Dastlabki tangalar qayerda zarb etilgan? A. Xitoyda. B. Misrda. D. Liviyada E. Hindistonda. 7. Qog‘oz pullar muomalaga qachon chiqarilgan? A. IX asrning oxiri va X asrning boshlari. B. X asrning oxiri XI asrning boshlari. D. XII asrda. E. XIII asrda. 8. Qog'oz pullar muomalaga qayerda chiqarilgan? A. Hindistonda. B. Xitoyda. D. Misrda. E. Qadimgi Rimda. 9. O'zbekiston hududida dastlabki metall tangalar qachon va kim tomonidan zarb etilgan? A. Miloddan awalgi 320 - 327 yillarda makedoniyalik Iskandar tomonidan. B. XIII asrda arablar tomonidan. D. Miloddan avvalgi VI asrda axmoniy shoh Doro – I tomonidan. E. IX asrda somoniylar tomonidan. 10. Amir Temur nomi bitilgan necha turdagi oltin vakumush tangalar muomalaga chiqarilgan? A. 70 dan ortiq. B. 100 dan ortiq. D. 120 dan ortiq. E. 150 dan ortiq. Download 239.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling