O‘Zbekiston Respublikasining Qonuni Tadbirkorlik Faoliyati Erkinligining Kafolatlari To‘G‘Risida


-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obro‘sini himoya qilish


Download 72.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/44
Sana08.01.2022
Hajmi72.67 Kb.
#237174
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44
Bog'liq
uz085uz

35-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obro‘sini himoya qilish 

Tadbirkorlik faoliyati subyekti o‘z ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlarga raddiya 

berilishini sud orqali talab qilishga haqli. 

Agar tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlar 

ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bo‘lsa, bu ma’lumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot 

vositalarida berilishi lozim. Agar bunday ma’lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud bo‘lsa, 

bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud 

tomonidan belgilanadi. 

Tadbirkorlik faoliyati subyekti o‘zining ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlar 

tarqatilganda, bunday ma’lumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida 

yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini va ma’naviy zarar uchun tovon to‘lanishini talab qilishga haqli. 


Download 72.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling