8-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari quyidagilarga haqli:
qonun hujjatlariga muvofiq o‘ziga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish;
mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, mahsulot yetkazib beruvchilarni va o‘z
mahsulotlarini (ishlari, xizmatlarining) iste’molchilarini tanlash;
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni o‘z ixtiyoriga ko‘ra
tasarruf etish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati
subyektlari bundan mustasno;
o‘z mahsulotni (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyukturasidan kelib
chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya
qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
binolar, inshoatlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni olish va (yoki) ijaraga olishga, shu jumladan
lizing yo‘li bilan;
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |