O’zbekiston Respublikasining qonuni «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»


Download 148.44 Kb.

bet1/3
Sana10.01.2019
Hajmi148.44 Kb.
  1   2   3

O’zbekiston Respublikasining 

QONUNI 

 

«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida» 



 

(Mazkur Qonunga quyidagilarga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan O’zR 26.12.1997 y. 549-I-

son Qonuni, O’zR 25.12.1998 y. 729-I-son Qonuni, O’zR 19.08.1999 y. 809-I-son Qonuni, O’zR 

26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni, O’zR 29.08.2003 y. 520-II-son Qonuni, O’zR 27.08.2004 y. 671-

II-son Qonuni, O’zR 03.12.2004 y. 714-II-son Qonuni, O’zR 25.12.2008 y. O’RQ-194-son 

Qonuni, O’zR 19.12.2012 y. O’RQ-340-son Qonuni, O’zR 20.01.2014 y. O’RQ-365-son Qonuni) 

 

I. UMUMIY QOIDALAR 

1-modda. Saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari  

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov hududiy bir mandatli 

saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyalilik asosida besh yil muddatga o‘tkaziladi.  

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari umumiy, teng va 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.  

2-modda. Umumiy saylov huquqi  

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylovi umumiydir. 

Saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga 

egadirlar. Saylov kuni yigirma bir yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston 

Respublikasi hududida muqim yashayotgan O’zbekiston fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar. 

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi 

bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va 

saylovda qatnashmaydilar.  



3-modda. Teng saylov huquqi  

Har bir fuqaro — saylovchi bir ovozga ega.  

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga 

munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, 

mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadirlar. 

4-modda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi  

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari fuqarolar 

tomonidan bevosita saylanadilar.  

5-modda. Yashirin ovoz berish  

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining saylovida erkin 

va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarning xohishi-irodasi nazorat qilinishiga yo‘l 

qo‘yilmaydi.  



6-modda. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishdagi oshkoralik  

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va 

uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar. 

Saylov komissiyalari fuqarolarni o‘z ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari 

tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan manzili va ish vaqtidan voqif 

etadilar, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati 

bilan tanishtiradilar, deputatlikka nomzodlar xususidagi ma’lumotlar, ovoz berish va saylov 

yakunlaridan xabardor qiladilar. 

O’zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning 

borishi va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradilar. 

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek 

saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzodlar 

ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan bittadan 

kuzatuvchi, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va 



harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar 

bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 

Manfaatdor tashkilotlar o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug saylov komissiyalariga 

saylovga kechi bilan o‘n besh kun qolganida ma’lum qiladilar. 

Okrug saylov komissiyasi manfaatdor tashkilotdan ariza olinganidan keyin besh kun 

ichida tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi belgilaydigan namunadagi mandatni 

kuzatuvchi uchun beradi. 

Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega: 

deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda, okrug va uchastka 

saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish; 

saylov uchastkasida hozir bo‘lish hamda tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish 

uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlarining 

berilishini kuzatish; 

ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonlarini tuzishda 

hozir bo‘lish; 

saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan 

tasdiqlangan nusxalarini so‘rash va ularni olish; 

basharti saylov uchastkasida ushbu Qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash 

uchun asos bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida yuqori saylov komissiyasiga ma’lum qilish. 

Kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi: 

saylovchi saylov byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda yashirin ovoz berish 

kabinasida yoki xonasida bo‘lish; 

saylovchilarga ta’sir o‘tkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish; 

saylovchilardan ularning kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki 

saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish; 

uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini 

muhrlashda, ularni ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashish. 

II. SAYLOV OKRUGLARI VA SAYLOV UChASTKALARI 

7-modda. Saylov okruglari tuzish  

Deputatlar saylovini o‘tkazish uchun:  

xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga deputatlar saylashda – 

oltmishtadan ko‘p bo‘lmagan;  

xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylashda — o‘ttiztadan ko‘p 

bo‘lmagan hududiy saylov okrugi tuziladi.  

Har bir saylov okrugidan tegishli xalq deputatlari Kengashiga bitta deputat saylanadi.  

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov 

okruglari soni aholining, saylovchilarning sonini, hududni va boshqa mahalliy sharoitlarni 

inobatga olgan holda ushbu Qonunda belgilangan normalar doirasida tegishli xalq deputatlari 

Kengashi tomonidan belgilanadi.  

Saylov okruglari tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan, qoida 

tariqasida, saylovchilar soni teng holda tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari viloyatlar, 

tumanlar va shaharlarning ma’muriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi.  

Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi saylov okruglari ro‘yxatini ularning 

chegaralari va saylovchilar sonini ko‘rsatgan holda saylovdan kamida yetmish besh kun oldin 

e’lon qiladi.  

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga muvofiq tumanga 

bo‘ysunadigan shaharlarda, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda xalq deputatlari 

Kengashlari va tegishli Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglari tuzilmaydi, deputatlar 

saylanmaydi. 

8-modda. Saylov uchastkalari tuzish tartibi va normasi  


Saylov uchastkalari saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida 

tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda tuziladi. 

Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi.  

Sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa statsionar davolanish 

muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda 

saqlash joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari o‘zlari joylashgan 

yerdagi saylov okruglari tarkibiga kiradi.  

Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan, harbiy 

qismlarda — harbiy qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan 

tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.  

Saylov uchastkalari saylovdan kamida oltmish kun oldin tuziladi. Harbiy qismlarda, olis 

va borish qiyin bo‘lgan yerlarda ham saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa 

— istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi.  

Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida yigirma nafar va ko‘pi bilan uch ming 

nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.  

Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi 

bino ajratadi.  

Tuman, shahar saylov komissiyasi saylov uchastkalarining tartib raqamini belgilaydi 

hamda uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining manzilini ko‘rsatgan holda 

har bir saylov uchastkasining chegaralari to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etishni tashkil 

qiladi.  

III. SAYLOV KOMISSIYaLARI 

9-modda. Saylov komissiyalari tizimi  

Saylovni tashkil etish va o‘tkazish uchun:  

xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasi;  

xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi;  

xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi shahar saylov komissiyasi;  

okrug saylov komissiyalari;  

uchastka saylov komissiyalari tuziladi.  

10-modda. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasini tuzish  

Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan 

saylovga kamida sakson kun qolganida komissiyaning raisi va olti — o‘n to‘rt nafar boshqa 

a’zosidan iborat tarkibda tuziladi hamda o‘z vakolatlarini tegishli xalq deputatlari Kengashlariga 

saylov yuzasidan navbatdagi saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingunga qadar amalga 

oshiradi. 

Komissiya raisining o‘rinbosari va komissiya kotibi komissiyaning birinchi majlisida 

uning a’zolari orasidan saylanadi. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi o‘z tarkibi, 

joylashgan manzili va telefon raqamlariga doir ma’lumotlarni rasmiy mahalliy matbuot 

organlarida e’lon qiladi.  



11-modda. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari  

Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi:  

1) tegishli hududda ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi, uning bir xil tarzda 

qo‘llanilishini ta’minlaydi va saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan izohlar berib 

boradi;  

2) tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 

saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi;  

3) tegishli xalq deputatlari Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini 

tuzadi va ularning joylashgan manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;  

4) tegishli saylov komissiyalarining faoliyatini yo‘naltirib boradi, ularning tarkibiga 

o‘zgartishlar kiritish tartibini belgilaydi, okrug va uchastka saylov komissiyalarining qarorlarini, 

basharti, bu qarorlar ushbu Qonunga zid bo‘lsa, mustaqil tarzda yoki viloyat, tuman, shahar 

prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qilishi mumkin;  


5) deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi 

boshqarish organlaridan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;  

6) tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga oladi va ular 

to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;  

7) deputatlikka nomzodlar saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar 

ta’minlaydi;  

8) pul mablag‘larini tegishli saylov komissiyalari o‘rtasida taqsimlaydi, saylov 

komissiyalari, binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni 

moddiy-texnika jihatidan ta’minlashga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;  

9) tegishli xalq deputatlari Kengashi sayloviga doir saylov byulletenlari, saylovchilar 

ro‘yxatlari, saylov komissiyalari bayonlari, saylov varaqalari, o‘z muhri, saylovga oid boshqa 

hujjatlarning shakllarini tasdiqlaydi va tayyorlanishini ta’minlaydi;  

10) siyosiy partiyalar, mahalliy davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 

organlari va jamoat birlashmalari vakillarining hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar 

rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan 

axborotlarini tinglaydi;  

11) tegishli xalq deputatlari Kengashiga o‘tkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, 

saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi, saylov yakunlariga doir ma’lumotlarni va saylangan 

deputatlarning ro‘yxatini matbuotda e’lon qiladi;  

12) deputatlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi deputati guvohnomasini va ko‘krak 

nishonini beradi; 

13) takroriy saylov o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi;  

14) tegishli saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza 

hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;  

15) ushbu Qonun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladigan tarzda buzilganligiga 

doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;  

16) saylovni o‘tkazish va uni tashkil etish bilan bog‘liq hujjatlar arxivlarga 

o‘tkazilishini ta’minlaydi;  

17) ushbu Qonun va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga 

vakolatlarni amalga oshiradi.  



12-modda. Okrug saylov komissiyasini tuzish  

Okrug saylov komissiyasi tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan 

saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va olti — 

sakkiz nafar boshqa a’zosidan iborat tarkibda tuziladi. 



13-modda. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari  

Okrug saylov komissiyasi:  

1) saylov okrugi hududida ushbu Qonun ijrosini nazorat qiladi:  

2) saylov uchastkalarining manzilini okrug saylovchilari e’tiboriga yetkazadi;  

3) deputatlikka nomzodlarning saylov kompaniyasida ishtirok etishlari uchun teng 

sharoitlar ta’minlaydi;  

4) tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan 

deputatlikka nomzodlarga guvohnomalar beradi;  

5) deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga 

ko‘maklashadi;  

6) deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga oladi va ularga tegishli 

guvohnomalar beradi;  

7) siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat 

birlashmalari vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga 

tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini 

eshitadi; 

8) saylovchilarning ro‘yxatlari tuzilishi va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim 

etilishini kuzatib boradi;  



9) saylov okrug bo‘yicha saylov byulleteni matnini tasdiqlaydi va uchastka saylov 

komissiyalarini saylov byulletenlari bilan ta’minlaydi;  

10) saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlaydi va tegishli viloyat, tuman, 

shahar saylov komissiyasiga taqdim etadi;  

11) takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek bo‘shab qolgan o‘ringa deputat 

saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi;  

12) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan 

ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;  

13) ushbu Qonun va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga 

vakolatlarni amalga oshiradi.  



14-modda. Uchastka saylov komissiyasini tuzish  

Uchastka saylov komissiyasi tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga 

kamida qirq kun qolganida besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari 

va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya yetti nafargacha a’zodan iborat tarkibda 

tuzilsa, rais va kotib saylanadi. 

Uchastka saylov komissiyasi tarkibining soni zarur hollarda ko‘paytirilishi yoki 

kamaytirilishi mumkin.  

15-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari  

Uchastka saylov komissiyasi:  

1) uchastka bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatini tuzadi;  

2) saylovchilarni saylovchilar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan 

xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda ro‘yxatga 

tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi;  

3) saylov kuni o‘z turar joyida bo‘lish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega 

bo‘lmagan saylovchilardan saylov varaqasi solingan yopiq holdagi konvertlarni qabul qilib oladi;  

4) aholini saylov kuni va ovoz berish joyi to‘g‘risida xabardor etadi;  

5) ovoz berish binosi va saylov qutilari hamda boshqa saylov ashyolari tayyorlab 

qo‘yilishini ta’minlaydi;  

6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;  

7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;  

8) saylovga tayyorgarlik ko‘rish va ovoz berishni tashkil etish masalalari yuzasidan 

tushgan ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;  

9) ushbu Qonun va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq o‘zga 

vakolatlarni amalga oshiradi.  

16-modda. Saylov komissiyalariga a’zolik  

Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat va okrug saylov 

komissiyalarining a’zolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan 

tasdiqlanadi. 

Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman, shahar va okrug 

saylov komissiyalarining a’zolari, shuningdek uchastka saylov komissiyalarining a’zolari 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi. 

Komissiyaning a’zosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan 

mahrum etilgan taqdirda o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.  

Komissiya a’zosini vakolatlaridan mahrum etish huquqi komissiyani tuzgan organga 

tegishli bo‘lib, komissiya a’zosi ushbu Qonun talablarini buzgani yoki o‘z vazifalarini muntazam 

ravishda e’tiborsiz qoldirib kelgani taqdirda o‘z vakolatlaridan mahrum etiladi.  

Zarurat bo‘lganida saylov komissiyasining yangi a’zosi ushbu Qonunda belgilangan 

tartibda tayinlanadi.  

Saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va boshqa a’zolari siyosiy 

partiyalarning a’zosi bo‘lishlari mumkin emas. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar 

Kengashlari deputatligiga nomzodlar saylov komissiyalariga a’zo bo‘lishlari mumkin emas.  

Bir shaxs faqat bitta saylov komissiyasiga a’zo bo‘lishi mumkin.  



17-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish va ularning vakolat 

muddati  

Basharti, saylov komissiyasining majlisda komissiyaning majlis o‘tkazilayotgan 

kundagi mavjud tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, majlis vakolati hisoblanadi. 

Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya umumiy tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan 

qabul qilinadi. Qarorga rozi bo‘lmagan komissiya a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini 

bildirishga haqlidirlar, bu fikr yozma shaklda bayonga ilova qilinadi. Agar ovozlar teng bo‘linib 

qolsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi kuchga ega bo‘ladi.  

Saylov komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov 

komissiyalarining, shuningdek tegishli mahalliy davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa 

jamoat birlashmalarining, mehnat jamoalari va harbiy qismlarning, korxona, muassasa va 

tashkilotlar rahbarlarining ijrosi uchun majburiydir.  

Saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi yoki a’zolaridan boshqa biri 

komissiyaning qaroriga binoan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida ishlab 

chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin. Bunda saylovni o‘tkazish 

uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan uning o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.  

Davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, korxonalar, muassasalar, 

tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishlari 

uchun yordam berishlari, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.  

Davlat organlari, korxona, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni 

o‘tkazish uchun kerakli binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib 

turishlari shart.  

Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq 

masalalar yuzasidan tegishli mahalliy davlat organlari va jamoat birlashmalari organlariga

korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish 

huquqiga ega. Ular ko‘pi bilan uch kun ichida komissiya o‘rtaga qo‘ygan masalani qarab 

chiqishlari va saylov komissiyasiga javob qaytarishlari shart.  

Okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan 

deputatlar viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z 

faoliyatlarini to‘xtatadilar. 

17

1

-modda. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili 

Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiya saylov uchastkasida ovozlarni sanab 

chiqishda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda 

o‘z a’zolari orasidan vakolatli vakil tayinlashga haqli; 



18-modda. Saylov komissiyalarining qarorlari ustidan tushgan shikoyatlarni 

qarab chiqish  

Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalarning organlari, fuqarolarning 

o‘zini o‘zi boshqarish organlari, deputatlikka nomzodlar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov 

komissiyalarining qarorlari ustidan yuqori saylov komissiyasiga yoki sudga qaror qabul 

qilinganidan keyin o‘n kun ichida shikoyat bilan murojaat etishlari mumkin. Shikoyat kelib 

tushganidan keyin uch kun ichida, agar saylovga olti kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, darhol 

ko‘rib chiqilishi lozim. Shikoyat bergan shaxslar shikoyat ko‘rib chiqilishida bevosita ishtirok 

etish huquqiga ega. 



IV. SAYLOV KAMPANIYaSI BOShLANGANLIGINI E’LON QILISh. XALQ 

DYePUTATLARI VILOYaT, TUMAN, ShAHAR KYeNGAShLARI DYePUTATLIGIGA 

NOMZODLAR KO’RSATISh VA ULARNI RO’YXATGA OLISh 

19-modda Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish 

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov yuzasidan saylov 

kampaniyasi boshlanganligi deputatlarning vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin 

O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot 

vositalarida e’lon qilinadi. 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling