O‘zbekiston respublikasining qo‘shni respublikalar bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlari


Download 21.9 Kb.
bet1/2
Sana13.04.2023
Hajmi21.9 Kb.
#1356204
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasining qo‘shni respublikalar bilan iqtisodiy(1)


Farg‘ona davlat universiteti Fizika-texnika fakulteti Fizika yo‘nalishi 22.15-guruh talabasi Ikromov Sarkorbekning O‘zbekiston respublikasi qo‘shni respublikalar bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlari mavzusida referati


O‘zbekiston respublikasining qo‘shni respublikalar bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlari
Reja:

  1. O‘zbekiston respublikasining qo‘shni respublikalar bilan iqtisodiy aloqalar haqida umumiy ma’lumotlar

  2. O‘zbekiston respublikasining qo‘shni respublikalar bilan iqtisodiy aloqalarda muhim vazifalari

  3. O‘zbekiston respublikasining qo‘shni respublikalar bilan siyosiy munosabatlarda yuzaga keladigan muommolar




  1. O‘zbekiston respublikasining qo‘shni respublikalar bilan iqtisodiy aloqalar haqida umumiy ma’lumotlar

O`zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining markazida joylashgan bo`lib, bu yerda mintaqa aholisining 45%ti yashaydi. O`zbekiston mintaqaning boshqa mamlakatlari (Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston) bilan umumiy chegaralarga ega bo`lgan yagona mamlakat, shuningdek u Yevropa bilan Osiyo – Tinch okeani mintaqasi va shuningdek, Janubiy Osiyo, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlarini transport va telekommunikatsiya bo`yicha birlashtiruvchi muhim koridor hisoblanadi.
O`zbekiston hozirgi kunda bir qator obro`li va jahon iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo`lgan xalqaro tashkilotlarning teng xuquqli a’zosi, jahonning o`nlab davlatlari bilan do`stona aloqalarini bog`lagan, yirik bank va moliyaviy tashkilotlar bilan hamda nodavlat va nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Respublikada 43 ta chet davlatlarning elchixonalari, 15 ta hukumatlararo va 49 ta nohukumat tashkilotlar akkreditatsiya qilingan.
O`zbekiston asosiy va muhim xalqaro konventsiyalarning ishtirokchisi hisoblanadi. O`zbekiston jahon iqtisodiyotida turli darajadagi - global va mintaqaviy integratsion jarayonlarda qatnashish bilan bir paytda muhim tamoyilga, ya’ni bir davlat bilan yaqinlashish boshqa bir davlat bilan uzoqlashish evaziga bo`lmasligi kerak degan tamoyilga amal qiladi. O`zbekistonning jahon hamjamiyati davlatlari bilan integratsiyasining tarkibiy qismi turli davlat va xalqaro tashkilotlar bilan ko`p tarmoqli aloqalarni o`rnatayotganligidir. Bu o`rinda Yevropa Ittifoqi (YeI) muhim o`rinni egallaydi.
O`zbekiston Respublikasi va YeI o`rtasidagi hamkorlik 1992 yilning 15 aprelida O`zbekiston Respublikasi hukumati va YeI Qo`mitasi o`rtasidagi o`zaro hamkorlik to`g`risida Memorandumning imzolanishi bilan boshlandi. 1994 yilning 24 yanvarida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida YeI qo`mitasining O`zbekistondagi texnik aloqalar hamkorligi bo`yicha byurosini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilindi. Bu tashkilotlarning maqsadi iqtisodiy islohotlar jarayoni va bozor munosabatlariga o`tishda texnik yordam ko`rsatish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi hukumati va YeI qo`mitasining harakatlarining hamkorligini kuchaytirishdan iborat edi.
O`zbekiston Respublikasi bilan Yevropa mamlakatlari o`rtasidagi ko`p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 1996 yilning 21 iyunidagi sammitda YeIga a’zo davlatlarning rahbarlari bilan “O`zbekiston va Yevropa hamjamiyati hamda unga a’zo davlatlar o`rtasida hamkorlik va sheriklik” to`g`risida bitim imzolandi. O`zbekiston Sobiq Ittifoq davlatlari ichida Rossiyadan keyin bunday bitim imzolagan ikkinchi davlat bo`ldi. Хullas, “Sheriklik va hamkorlik” haqidagi bitim O`zbekistonning YeI a’zo davlatlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarining huquqiy asosini tashkil qilgan bo`lib, ushbu bitim siyosiy, iqtisodiy, fan-texnikaviy va madaniy aloqalar uchun keng imkoniyat ochgan edi.
1990 yilning mayida Yevroparlament va YeI a’zo davlatlari bilan sherikchilik va hamkorlik haqida bitimning ratifikatsiyasi bo`yicha barcha tadbirlar nihoyasiga yetdi. 1999 yilning 1 iyulida “Sherikchilik va hamkorlik haqidagi bitim” kuchga kirdi va “YeI-O`zbekiston” qo`shma qo`mitasi o`rniga O`zbekiston-YeI hamkorlik qo`mitasi tuzildi. 1999 yilning 14 dekabrida 1993 yilning iyunidagi shartnoma muddatini uzaytirgan va o`zbek ishlab chiqaruvchilarining to`qimachilik mahsulotlarini YeI bozorida sotish sharoitlarini yaxshilovchi “Yevropa Ittifoqi va O`zbekiston Respublikasi o`rtasida to`qimachilik mahsulotlari savdosi haqida bitim” tasdiqlandi. Ushbu bitim 2000 yilning 1 yanvaridan “de-fakto” nomi bilan kuchga kirdi va 2004 yilning 31 dekabrigacha amalda bo`ldi. YeI O`zbekistonning muhim savdo-iqtisodiy sheriklaridan biri hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi va YeI mamlakatlari o`rtasidagi tovar ayirboshlashning o`sishi ko`rsatkichlari savdo-iqtisodiy munosabatlarning muvaffaqiyatli rivojlanayotganligidan guvohlik beradi. 2002 yil yakuni bo`yicha O`zbekiston Respublikasining YeI mamlakatlari bilan ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 065,8 mln. AQSh dollarinini tashkil etgan, undan 520,6 mln. AQSh dollari eksport, import esa 545,2 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.
2002 yil davomida tovar ayirboshlash hajmi bo`yicha YeI mamlakatlari ichida respublikamizning eng yirik savdo sheriklari: Buyuk Britaniya (302,0 mln. AQSh dollari), GFR (250,8 mln. AQSh dollari), Italiya (123,8 mln. AQSh dollari), Belgiya (95,5 mln. AQSh dollari), Frantsiya (91,5 mln. AQSh dollari), Niderlandiya (68,5 mln. AQSh dollari) davlati bo`ldi.
YeI mamlakatlari bizning yetakchi investorlarimiz bo`lib, hozirgi kunda O`zbekistonda YeIga a’zo davlatlarning 147 firma va kompaniyalarini akkreditatsiya qilingan. Respublika hududida YeI mamlakatlarining firma va kompaniyalari kapitali ishtiroki bilan 480 ta korxona o`z faoliyatini olib bormoqda, ularning 114 tasi-100% lik Yevropa kapitali bilan, 1995-2002 yillar davomida YeIning firma va kompaniyalari, shuningdek bank tuzilmalari O`zbekistonda umumiy qiymati 8 mlrd. AQSh dollari atrofida bo`lgan yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etdi. Oxirgi yillarda Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Belgiya, Portugaliya, Avstriya, Gretsiya, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya va boshqa bir qator YeI davlatlari bilan to`g`ridan-to`g`ri ikki tomonlama aloqalar izchil va barqaror rivojlanib bormoqda. Bu munosabatlarni boshqaruvchi asosiy huquqiy hujjat 2002 yil martda imzolangan edi.
Jahon iqtisodiyotida yirik siyosiy, iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega bo`lgan dunyoning yetakchi davlatlaridan biri - AQSh bilan ko`p tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish va rivojlantirish O`zbekiston uchun ustivor ahamiyatga ega. “O`zbekiston Respublikasi va AQSh o`rtasidagi strategik sheriklik va hamkorlik asoslari to`g`risida Deklaratsiya” ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O`zbekiston AQShning kompaniya va firmalari bilan qo`shma investitsion loyihalarni amalga oshirishga, ular bilan uzoq muddatli o`zaro foydali sheriklik munosabatlarini o`rnatishga, bozorimizda Amerika kapitali mavjudligining kamayishiga katta ahamiyat berib kelmoqda. Respublikada Amerika investorlari ishtirokidagi 323 korxona ro`yxatga olingan bo`lib, ularning 233 tasi qo`shma korxonalarni 90 tasi esa 100% chet el kapitali hisobiga qurilgan. Amerika kapitali ishtirokidagi investitsion loyihalar asosan tog`-kon va neft-gaz komplekslari, agrosanoat kompleksi texnologik bazalari, oziq-ovqat sanoati va transport infratuzilmasini rivojlantirish kabi iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida amalga oshirilmoqda. Umuman olganda, O`zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo`lga kiritgandan buyon Amerika kompaniyalari va moliyaviy institutlari ishtirokida amalga oshirilgan investitsion loyihalarning umumiy summasi 2,4 mlrd. AQSh dollaridan ortiq bo`lib, uning 1,4 mlrd. AQSh dollarilik loyihalar Amerika moliyaviy institutlari tomonidan sug`urtalangan.
Jahon iqtisodiyotida AQSh O`zbekistonning muhim savdo hamkori bo`lib qolmoqda. 2002 yil natijasiga ko`ra ikki davlat o`rtasidagi tovar ayirboshlash 400 ming AQSh dollarini tashkil etgan edi.
Respublikaga muntazam ravishda Yaponiyaning nufuzli parlament vakillari, ishbilarmon doiralari va siyosiy partiyalarning rahbarlari tashrif buyurmoqda. Mamlakatimiz eksport salohiyatini rivojlantirish uchun moliyaviy hamkorlik to`g`risida, neft-gaz va to`qimachilik sanoat tarmoqlarini, mineral xom-ashyo bazalarini rivojlantirish bo`yicha investitsion seminarlar, konferentsiyalar, prezentatsiyalarni tashkillashtirmoqda. Yaponiyaning iqtisodiyot, savdo va sanoat, hamda moliya vazirliklari bilan birgalikda doimiy ravishda moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirish masalalari bo`yicha konsultativ yig`ilish va davra suxbatlari o`tkazilmoqda. Хullas, O`zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona bo`lgan xalqaro hamkorlik bo`yicha Yaponiya agentligi va tashqi savdo tashkilotlarining vakolatxonalari ochildi. Toshkent shaxrida esa O`zbek-Yapon markazi o`z faoliyatini olib bormoqda. Yapon bog`i ochilgan. Toshkentda hozirgi kunda Yaponiyalik investorlar ishtirokida tuzilgan 19 ta yirik Yapon kompaniyalar akkreditatsiya qilingan, 8ta qo`shma korxona ishlab turibdi. O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning strategik rejalarini amalga oshirishda muhim rol o`ynovchi Yaponiyaning moliyaviy-iqtisodiy yordamiga ustuvor ahamiyat berilmoqda. O`z navbatida Yaponiya ham O`zbekistonga Markaziy Osiyodagi vaziyatga katta ta’sir ko`rsata oladigan mintaqaviy yirik davlat sifatida qaraydi. Hozirgi kunda ikki davlat o`rtasida savdo soxasida mumkin qadar qulaylik berish rejimi o`rnatilgan.
2002 yilda ikki mamlakat o`rtasida tovar ayirboshlash 31,9 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. Undan 11,6 mln. AQSh dollari eksport, 20,3 mln. AQSh dollari importga to`g`ri keladi. Respublika eksportida asosan yigirilgan ip va materiallar, alyuminiy va uning mahsulotlari, shuningdek xizmatlar turgan bo`lsa, importida kauchuk va rezina mahsulotlari, zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiya, kimyoviy tolalar, oltin asbob va apparatlar, mebel, transport vositalari va xizmatlar turgan.
2003 yilning yanvaridan sentyabrigacha bo`lgan davrda ikki mamlakat o`rtasidagi tovar ayirboshlash 46,9 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lib, uning 10,1 mln. AQSh dollari eksportga, 36,8 mln. AQSh dollari esa importga to`g`ri kelgan edi.

2.O‘zbekiston respublikasining qo‘shni respublikalar bilan iqtisodiy aloqalarda muhim vazifalari


O`zbekiston va Yaponiyaning iqtisodiy hamkorligi keyingi yillarda barqaror rivojlanib bormoqda. O`tgan yillar davomida respublikaga keltirilgan moliyaviy vositalarning umumiy hajmi 1,563 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Хalqaro hamkorlik sohasida Yapon banki (JBIC) tijoriy kreditlari orqali respublikaning yoqilg`i-energetika va to`qimachilik komplekslarida umumiy summasi 721,1 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 8 ta investitsion loyihalarni moliyalashtirdi. Bundan tashqari JBIC orqali “Taraqqiyotga rasmiy yordam” dasturi orqali O`zbekistonga telekommunikatsiya, transport infrastrukturasi, energetika va maorif sohalari bo`yicha umumiy summasi 721,7 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 7ta loyihani amalga oshirish uchun imtiyozli shartlar bilan davlatning yena kreditlari berildi. Beg`araz va insonparvarlik yordamlari bo`yicha esa sog`liqni saqlash, maorif, transport va madaniyat sohalariga umumiy summasi 130,83 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan resurslar Yaponiya tomonidan ajratildi.
1993-2003 yillarda Yaponiya xukumati O`zbekistondagi tashkilot va muassasalarda (iqtisodiyot, telekommunikatsiya, turizm, transport infratuzilmasini va boshqa sohalarda) ishlashi uchun 150dan ortiq ekspertlar jo`natdi. Bundan tashqari respublikaning turli vazirlik va muassasalaridan 500 ga yaqin mutaxassislar Yaponiyaning ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotni o`tab qaytishdi.
Хitoy Хalq Respublikasi bilan O`zbekiston o`rtasidagi o`zaro foydali hamkorlikning asosiy yo`nalishlari 1992 yil mart, 1994 yil oktyabr, 1999 yilning noyabrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Хitoyga, shuningdek, 1994 yilda ХХR Bosh Vaziri Li Penning, 1996 yilning iyulida ХХR rahbari Цzyan Цzeminning O`zbekistonga rasmiy tashriflari chog`ida aniqlab olindi.
1992 yil yanvarda O`zbekiston va ХХR o`rtasida imzolangan savdo iqtisodiy bitimlarga muvofiq mamlakatlar o`rtasida bir qator qulaylik yaratildi. 2002 yilda ikki davlat o`rtasida tovar ayirboshlash 130 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lib, uning 17,3 mln. AQSh dollari eksportga, 112,7 mln. AQSh dollari importga to`g`ri kelgan edi. Respublika eksportida asosan xizmatlar, elektr va mexanik asbob-uskunalar, ipak, to`qimachilik materiallar, maxsulotlari mineral yoqilg`i, neft va qayta ishlangan mahsulotlar, paxta tolasi, ho`l meva va yong`oqlar, mato, kalava ip va boshqalar turgan bo`lsa, importida asosan - mexanik anjomlar, optik apparatlar va priborlar, plastmassa va undan tayyorlangan maxsulotlar, kofe, choy va qandolat mahsulotlar, transport vositalari, anorganik ximiyaviy mahsulotlar, to`qimachilik kiyimlar, poyafzal, organik ximiyaviy qo`shilmalar, kauchuk va rezina mahsulotlari, qora metall va undan tayyorlangan mahsulotlar, trikotaj kiyimlar va boshqalar turgan.
2003 yilning birinchi yarmida ikki davlat o`rtasida tovar ayirboshlash 107,4 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lib, uning 24,6 mln. AQSh dollari eksportga, 82,8 mln. AQSh dollari esa importga to`g`ri kelgan. Hozirgi kunda O`zbekistonda ХХRning investorlari ishtirokida qurilgan 100dan ortiq korxonalar o`z faoliyatini chakana va ulgurji savdoda, yengil sanoat mahsulotlari va qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida) yuritmoqda. O`zbekiston Respublikasi TIAAda Хitoyning 19ta kompaniyalarini vakolatxonalarini akkreditatsiya qilingan. Akkreditatsiya qilingan vakolatxonalar faoliyatining asosiy tarmoqlari - eksport-import operatsiyalarini bajarish, qurilish sohalari va to`qimachilik sanoati, qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash, informatsion texnologiyalar va boshqalarni o`z ichiga oladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil iyun, 1995 yil fevral, shuningdek, 1999 yilda Koreya Respublikasiga tashrif chog`ida 1994 yilning iyunida esa Koreya Respublikasi Prezidenti Kim Еn Sanning O`zbekistonga rasmiy tashriflari chog`ida mamlakatlar o`rtasida o`zaro savdo - iqtisodiy munosabatlarini rivojlanishi uchun huquqiy asos qo`yildi va hamkorlikning asosiy yo`nalishlari belgilab olindi. O`zbekiston va Koreya Respublikasi o`rtasida “Savdo to`g`risida”, “Investitsiyalarni o`zaro himoyalash va kengaytirish to`g`risida” kabi bir qator savdo-iqtisodiy, investitsion va ilmiy-texnikaviy bitimlar imzolandi. Hozirgi kunda O`zbekiston va Koreya Respublikasi o`rtasida xuquqiy-shartnomaviy asosga ega bo`lgan 22 ta hukumatlararo shartnoma va hujjatlar imzolangan.
1996 yilning 19 iyulida Asaka shahrida “UzDEUAvto” qo`shma korxonasining avtomobil ishlab chiqarish zavodini prezentatsiyasi bo`lib o`tdi. 1992 yilning iyunida O`zbekiston va Koreya Respublikasi o`rtasida imzolangan savdo shartnomasiga muvofiq savdo sohasida birmuncha qulayliklar yaratildi. 2002 yilda ikki davlat o`rtasida tovar ayirboshlash 326,0 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lib, uning 67,0 mln. AQSh dollari eksportga va 259,0 mln. AQSh dollari esa importga to`g`ri kelgan edi. Respublika eksportining asosiy qismini bu davrda paxta tolasi, xizmatlar, mato va kalava iplari tashkil etgan. 2003 yilning 9 oyi mobaynida ikki mamlakat o`rtasida tovar ayirboshlash 179,1 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan bo`lib, uning 39,1 mln. AQSh dollari eksportga, 140 mln. AQSh dollari esa importga to`g`ri kegan.
Hozirgi kunda Koreya Respublikasining eksport-import banki tomonidan O`zbekistonga taqdim etgan umumiy kreditlar hajmi 96,4 mln. AQSh dollariga yetdi. Ushbu mablag`lar hisobidan respublikada telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari, “UzDЕUAvto” qo`shma korxonasiga qator yangi modellar qo`shish, respublika kollejlarini yangi o`quv jihozlari bilan ta’minlash, “O`zbek Ipagi” assotsiyatsiyasining ipak ishlab chiqarish korxonalarini texnik jihatdan qayta modernizatsiyalash ishlari bajarilmoqda.
Respublika retsipient davlatlar orasida Agentlikning yordam ko`rsatilishi hajmi bo`yicha beshinchi o`rinni egallaydi. 1992 yildan boshlab KOICA tashkilotidan O`zbekistonga ko`rsatilgan moliyaviy yordamning umumiy hajmi 8,6 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. O`zbekistonning KOICA bilan asosiy hamkorligi 5 ta sohada (uskuna va materiallarni keltirish, amaliyotchilarni taklif qilish, ko`ngillilarni yuborish, ekspertlarni jo`natish, tibbiy mahsulotlarni jo`natish) amalga oshirilmoqda.

Respublika hududida Janubiy Koreya kapitali ishtirokida qurilgan 118 ta korxona faoliyat ko`rsatayotgan bo`lib, uning 97 tasi qo`shma korxona va 21 tasi 100% chet el kapitali hisobiga qurilgan korxonalardir. Bu korxonalar asosan avtomobil qurilishi, to`qimachilik va elektrotexnika sanoati, xizmat ko`rsatish va aloqa sohalarini o`z ichiga oladi. Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasida 20ta Janubiy Koreya kompaniyalarining vakolatxonalari akkreditatsiya qilingan. Bu vakolatxonalar quyidagi sohalarda (eksport-import operatsiyalari o`tkazish, transport xizmatlari ko`rsatish, to`qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqalar) faoliyat olib bormoqdi.


O`zbekiston Malayziya, Vetnam, Hindiston, Indoneziya, Turkiya, Fors ko`rfazi davlatlari kabi bir qator Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari bilan ham savdo iqtisodiy munosabatlarni olib bormoqda. O`zbekiston uchun o`tgan 10 – 15 yillar MDH davlatlari bilan ikki va ko`p tomonlama shartnomaviy munosabatlar doirasida teng va o`zaro foydali hamkorlik qilish uchun katta imeoniyatlar mavjudligidan darak bermoqda. Bunday hamkorliklar asosida nafaqat xududiy yaqinlik va iqtisodiy bog`liqliklar, balki chuqur tarixiy ildizlar, madaniy – ma’naviy aloqalar, yirik tarixiy davrlar mobaynida xalqlarning umumiyligi yotadi.
Jahon iqtisodiyotida MDH davlatlari O`zbekistonning asosiy savdo – iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ularning hissasiga Respublika tashqi savdo hajmining 30%dan ortig`i to`g`ri keladi. O`zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tovar ayriboshlashi asosan, tenglik va o`zaro foydali tamoyillarga asoslangan. MDH mamlakatlari ichida O`zbekistonning yirik savdo hamkorlari bo`lib, Rossiya Federatsiyasi, Qozog`iston va Ukraina hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilish mintaqaning rivojlanishi va davlatlar iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo yevrosiyo materigining o`rtasida joylashgan bo`lib, qadim zamonlardan buyon muhim xalqaro savdo yo`llari va sayohlik koridori bo`lib hisoblanadi. Hozirgi kunda bu mintaqa besh mustaqil davlatni –O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalarini o`z ichiga oladi. Markaziy Osiyo davlatlari Sharqdan g`arbga 4500 kilometrga cho`zilgan bo`lib, taxminan yevropa maydoniga teng hududni egallaydi. Mintaqa Shimolda Rossiya Federatsiyasi, Sharqda Xitoy, Janubda Afg`oniston va Eron bilan chegaradosh, g`arbda uning chegaralarini Kaspiy dengizi yuvib turadi.
Mintaqaning umumiy maydoni 4 mln.kv.km. ni tashkil etib, (MDH hududining 18%i), axolisi 52,2 mln. kishi (MDH aholisining 19%i), aholi zichligi o`rtacha 1kv. km. ga 12,4 kishiga teng.
Mintaqa davlatlari O`zbekistonning muhim savdo hamkorlari hisoblanadi. 2002 yil natijalariga ko`ra Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 568,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Mintaqa davlatlarining iqtisodiy rivojlanishida uning tarixi, geografik joylashuvi, shuningdek, siyosiy va integratsion jarayonlar bilan bog`liqligi muhim rol o`ynaydi. O`zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki va ko`p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga harakat qilib, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash asosida bosqichma-bosqich integratsiya jarayonlarini rivojlantirish tarafdoridir. Markaziy Osiyo davlatlarini iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishi savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirishdir. Erkin savdo rejimining o`rnatilishi Markaziy Osiyo mintaqasida o`zaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlanish darajasini ko`tarilishining muhim mexanizmi hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining 30%i mintaqa davlatlariga to`g`ri keladi. 1999 yildan buyon mintaqa davlatlari o`rtasida tovar ayirboshlash tobora o`sib borayotganligini ko`rishimiz mumkin. Agar 1999 yilda mamlakatimizning mintaqa davlatlari bilan tovar ayirboshlashi 525 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lsa, 2002 yilga kelib u 568 mln. AQSh dollarini tashkil etgan edi.

Markaziy Osiyo davlatlari bilan bo`lgan o`zaro savdoda O`zbekiston asosan ijobiy saldoga ega. 2002 yil natijalariga ko`ra tovar ayirboshlashning ko`proq qismi Qozog`istonga tegishli (263,3 mln AQSh dollari) bo`lib, uning boshqa davlatlar bilan, jumladan Tojikiston bilan 116,9 mln. AQSh dollarini, Qirg`iziston – 111,6 mln AQSh dollarini, Turkmaniston – 76,3 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Umuman olganda mintaha mamlakatlari o`rtasidagi tovar ayirboshlash asosan xom-ashyo yoki oddiy sanoat yoki qishloq xo`jalik mahsulotlari bilan xarakterlanadi. Bu esa ma’lum darajada savdo munosabatlari salohiyatini kamaytiradi. Hozirgi kunda O`zbekiston Markaziy Osiyo bozorida o`zining kimyoviy, to`qimachilik, elektrotexnika, aviatsiya, avtomobil, neft-kimyo sanoati va qishloq xo`jaligi mashinalari, qurilish materiallari mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish bo`yicha yuqori o`rinlardan birida turibdi. Bugungi kunda O`zbekiston Markaziy Osiyo koridorida, o`z eksport va import hamda tranzit yuklarni tashish uchun 10 ta transport koridoridan keng foydalanmoqda. Qo`shimcha yangi xalqaro transport va tranzit koridorini tashkil etish chora-tadbirlarini ham ko`rib bormoqda.


3.O‘zbekiston respublikasining qo‘shni respublikalar bilan siyosiy munosabatlarda yuzaga keladigan muommolar


O`zbekiston Respublikasi 30 dan ortiq obro`li iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning, jumladan Jahon Banki guruhiga kiruvchi tashkilotlar va shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro Valyuta fondi, yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot Banki, Islom taraqqiyot banki, Butunjahon bojxona tashkiloti, Butunjahon sayoxat tashkiloti, Paxta bo`yicha xalqaro konsultativ komiteti va boshqa tashkilotlarning to`laqonli a’zosidir. Respublika hozirgi kunda JSTga a’zo bo`lish uchun qator ishlarni amalga oshirmoqda.
1992 yilning sentyabrida O`zbekiston Respublikasi Jahon Bankiga (JB) a’zo bo`ldi. Toshkent shaxrida Jahon bankining vakolatxonasi ochildi. JB tomonidan O`zbekistonga qarzlar quyidagi shartlar asosida berilmoqda:
- qaytarilish muddati 20 yil
- imtiyozlar davri 5 yil
- foiz stavkasi suzib yuruvchi, har yili aniqlanadigan stavka.
Jahon Bankining strategiyasi respublikaning bosqichma-bosqich rivojlanishida hukumat islohatlarini qo`llab-quvvatlash va maslaxatlar berish, shuningdek texnik-moliyaviy yordamlarni ko`rsatishdan iboratdir. Jahon Banki kreditlarni asosan respublikada qishloq xo`jaligini rivojlantirish uchun suv ta’minoti va sanitariya, irrigatsiya tizimi va drenaj ishlarini qo`llashga ajratadi. 2002-2004 yillarda JB ning mamlakatga berayotgan yordamining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat bo`ldi:
- Valyuta va savdo tartibini liberallashtirish masalasida siyosiy xolatni takomillashtirish va davlat boshqaruvi samarasini oshirish.
- Хususiy sektor va to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarni kirib kelishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish.
- Ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmadagi davlat resurslarini taqsimlashdagi samaradorlikni oshirish.
- Texnik xizmat va mamlakat infratuzilmasidagi irrigatsiya-melioratsiya ishlarini olib borishdagi tizimni qo`llab-quvvatlash va boshqalar.
Jahon Bankining bergan ma’lumotiga ko`ra 2003 yilning sentyabr xolati bo`yicha O`zbekistonga beriladigan kredit 559,2 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan bo`lib, shundan to`lovni amalga oshirish miqdori 328,9 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. 2003-2004 yillar davomida O`zbekistonda qarz bo`yicha bir qator loyihalar amalga oshirilgan bo`lib, ular quyidagilardan iborat bo`ldi:
- Qarshi kaskad nasos stantsiyasi loyihasi bo`yicha Quvayt va shuningdek OPЕK fondlari bo`yicha moliyalashtirishda 55 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz summasi loyihasi.
- Ekologik drenaj loyihasi bo`yicha (Qoraqalpog`iston) qarz va kreditning umumi miqdori 25 mln. AQSh dollari miqdoridagi loyiha.
- Davlat moliyasini boshqarish bo`yicha isloxatlar sohasidagi texnik yordam loyihalariga, shuningdek sog`liqni saqlash loyihasi bo`yicha qarz va kreditlarni tashkil etish va boshqa loyihalar. Shuningdek, O`zbekiston hamkorligida moliyalashtirilib, 1998 yili tasdiqlangan global ekologik fond (GEF) Orol dengizida atrof-muhitni muxofaza qilish va suv resurslarini boshqarish to`g`risidagi loyiha qatnashuvchisi hisoblanadi.
O`zbekiston 1992 yilning 19 aprelidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga (ЕTTB) a’zo bo`ldi. O`zbekistonga ЕTTB tomonidan kelgan vakillar respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy xolatni o`rganish va kelajakda o`zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O`zbekistonga nisbatan o`z strategiyasini belgiladi, ya’ni, ЕTTB kelgusida O`zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish va kengaytirish, tabiiy resurslarni o`zlashtirish, energetika sektorini kengaytirish, kichik va o`rta korxonalarni, paxtani qayta ishlash va boshqa yengil sanoatni, turizm infrastrukturasini rivojlantirish kabi sohalardagi asosiy yo`nalishlarni aniqlab oldi.

O`zbekiston bilan ЕTTB o`rtasidagi muvoffaqiyatli hamkorlik natijalarini biz hozirgi kunda bank tomonidan bir qator (7ta) loyiha ishlari rejalashtirilib, amalga oshirilishida ko`rishimiz mumkin. Bu loyihalarning umumiy miqdori 1,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi. Bundan tashqari 320 mln. AQSh dollari miqdoridagi 8 loyihaning (dizel lokomotiv parklarini yangilash, Andijon munitsipal infratuzilmasini yaxshilash, kichik va mikro korxonalarga beriladigan kredit liniyalar. “O`zbek lizing interneyshnal AO” kompaniyasining lizing krediti kabilar) amalga oshirilishi kutilmoqda.


Hozirgi kunda respublikada amalga oshirilishi davom etayotgan loyihalar jumlasiga – kichik va o`rta biznesni rivojlantirish maqsadida beriladigan 4 ta kredit liniyani, jumladan, Asaka bankni xususiylashtirish (ЕTTB aktsionerlarining 20% garovi asosida), Sirdaryo GRESni 5 va 6 energiya bloklarini qayta tiklashning ikki fazasi, “O`zbektelekom” aktsionerlik kompaniyasini 7% aktsiyasi to`lovi asosida xususiylashtirish, kompyuter va axborot texnologiyasini rivojlantirish va qo`llab-quvvatlash uchun jamg`arma kabilarni kiritish mumkin.
2003 yilning 4-5 mayida Toshkent shahrida ЕTTB boshqarmasi kengashining 12-majlisi va shuningdek Хalqaro xususiy va ishbilarmonlar o`rtasida investitsiyaviy biznes forum bo`lib o`tdi.


Download 21.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling