O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Soliqning o‘rnini qoplash


Download 0.69 Mb.
bet197/356
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1352190
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   356
Bog'liq
Soliq kodeksi 2023

274-modda. Soliqning o‘rnini qoplash
Ushbu Kodeksning 272-moddasiga muvofiq o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobidan hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 272-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchi o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasini qaytarishga doir soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini bu haqda xabardor qilgan holda, soliqning salbiy summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) uchun murojaat qilish huquqiga ham ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra, soliq organi soliq summasining o‘rnini to‘liq yoki qisman qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilsa, mazkur soliq summasi soliq to‘lovchiga soliq hisobotini taqdim etishda soliq summasini qaytarish haqida soliq organlari xabardor qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay qaytariladi.
(274-moddaning uchinchi qismining O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliqning jami summasi o‘rnini tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibi soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini xabardor qilgan taqdirda, quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi:
(274-modda to‘rtinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
1) O‘zbekiston Respublikasining yirik soliq to‘lovchilar toifasiga belgilangan tartibda kiritilgan yuridik shaxslariga;
LexUZ sharhi
Qarang: Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 12-iyuldagi 3172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi”gi Nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
2) soliq hisoboti bilan birga amaldagi bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasini ushbu Kodeksning 107 yoki 109-moddalarida belgilangan tartibda rasmiylashtirgan soliq to‘lovchilarga;
(274-modda to‘rtinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 107 va 109-moddalari.
3) eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarga — agar ilgari bu shaxslarga soliq summasi qoplangan va bunda qonunbuzarliklar aniqlanmagan bo‘lsa, nol darajali soliq stavkasi qo‘llanilishi natijasida hosil bo‘lgan soliqning oshib ketgan summalari qismida;
4) chet el diplomatik vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga;
5) mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga, agar bunday bitimda nol darajali stavka qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lsa;
6) soliq monitoringi ishtirokchilariga.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliqning o‘rnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq to‘lovchi tomonidan qaytarish uchun soliq hisobotida ko‘rsatilgan soliq summasining o‘rni unga yetti kun ichida to‘liq hajmda qoplanadi. Bunda o‘rni qoplanishi uchun soliq hisobotida ko‘rsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi. Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq hisobotida o‘rni qoplanishi uchun ko‘rsatilgan soliq summasi yoki uning bir qismi asossiz bo‘lib chiqsa, soliq to‘lovchi soliqning o‘rni o‘ziga asossiz ravishda qoplangan summasini qoplash sanasidan to uni budjetga to‘lash sanasigacha penya hisoblangan holda budjetga to‘lashi shart.
(274-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq summalarining o‘rnini qoplash tartibi va shartlari, ushbu moddaga muvofiq kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi, shuningdek chet davlatlar fuqarolariga soliq summalarini qaytarish (TAX FREE) tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(274-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizom.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling