O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Geologik jihatdan o‘rganish, qidirish va tabiiy resurslarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun xarajatlar


Download 0.69 Mb.
bet223/356
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1352190
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   356
Bog'liq
Soliq kodeksi 2023

311-modda. Geologik jihatdan o‘rganish, qidirish va tabiiy resurslarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun xarajatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan qazib olishni boshlashdan oldin geologik jihatdan o‘rganish, qidirish, foydali qazilmalarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun amalga oshirilgan xarajatlar, shu jumladan baholashga, jihozlashga doir xarajatlar, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan boshqa xarajatlar amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini tashkil etadi. Bunda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, bunday chiqimlar belgilangan normalar doirasida xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
(311-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Konda foydali qazilmalarni qazib olish davrida xuddi shu konda ustki qatlamni ochish ishlari bo‘yicha qilingan xarajatlar loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasiga va soliq to‘lovchining soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatiga muvofiq ruda jismlarining bosqichlari yoki tarkibiy qismlari kesimidagi hajmlarga mutanosib ravishda hisoblangan amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini hosil qiladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan xarajatlar foydali qazilmalarni qazib olish boshlangan yoki ustki qatlamni ochish ishlari yakunlangan paytdan e’tiboran soliq to‘lovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari tarzida chegirib tashlanadi.
Amortizatsiya ajratmalarining har yilgi summasi, soliq to‘lovchining xohishiga ko‘ra belgilanadigan amortizatsiya normasini qo‘llash yo‘li bilan:
biroq ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv guruhi bo‘yicha to‘plangan xarajatlar summasining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
biroq ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv guruhi bo‘yicha to‘plangan xarajatlar summasining 33 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda hisoblab chiqariladi.
(311-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30 dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Nomahsuldor quduq tugatilgan yoxud soliq to‘lovchi yer qa’ri uchastkasidagi ishlarni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi, geologik jihatdan istiqbolsizligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, basharti yer qa’ridan foydalanish huquqi to‘liq tugatilsa, soliq to‘lovchi bunday huquq tugatilgan hisobot (soliq) davrida qilingan xarajatlar summasini chegirib tashlashga haqli.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling