O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 0.69 Mb.
bet345/356
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1352190
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   356
Bog'liq
Soliq kodeksi 2023

476-modda. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Chet ellik investor, bundan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimning amal qilish muddati mobaynida ushbu Kodeksning 17-moddasida nazarda tutilgan soliqlarni to‘laydi.
(476-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar, agar mahsulot taqsimotiga oid bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi.
Chet ellik investorga soliq solish quyidagi o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi:
1) foyda solig‘i mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarish chog‘ida olingan daromad bo‘yicha va faoliyatning boshqa turlari bo‘yicha olingan daromad bo‘yicha alohida-alohida to‘lanadi. Bitim shartlariga binoan chet ellik investorga tegishli bo‘lgan, chegirmalar qilinmagan holda foydaga qolgan mahsulotning qiymati mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarish chog‘ida olingan daromadlar bo‘yicha foyda solig‘i solish obyektidir;
2) mineral xomashyoni kavlab olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbatan foizli nisbatda mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga muvofiq belgilanadigan va pul shaklida yoki kavlab olingan mineral xomashyoning bir qismi tarzida to‘lanadigan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar birlashmasi investor sifatida ish yuritayotgan bo‘lsa, bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biri yoki mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajaruvchi operator soliq majburiyatlarini bajaruvchi bo‘ladi. Bunda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma olgan investor bir oylik muddatda soliq organini mazkur birlashmadan soliq majburiyatini bajaruvchi bo‘lib ish yuritadigan ishtirokchi to‘g‘risida xabardor etishi shart.
(476-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling