O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Daromadlarga (foydaga) soliq solishning samarali stavkasi


Download 0.69 Mb.
bet153/356
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1352190
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   356
Bog'liq
Soliq kodeksi 2023

207-modda. Daromadlarga (foydaga) soliq solishning samarali stavkasi
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el kompaniyasi mansub bo‘lgan davlat (hudud) qonunchiligiga muvofiq chet el kompaniyasi va uning alohida bo‘linmalari tomonidan hisoblab chiqarilgan daromad (foyda) solig‘i hamda bunday daromadlarning to‘lov manbaida ushbu kompaniya daromadlaridan (foydasidan) ushlab qolingan daromad (foyda) solig‘i summasining chet el kompaniyasining uning alohida bo‘linmalari bilan birgalikdagi daromadining (foydasining) umumiy summasiga nisbati chet el kompaniyasining daromadlariga (foydasiga) soliq solishning samarali stavkasi hisoblanadi.
(207-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Daromad (foyda) solig‘i summasini hisob-kitob qilish chog‘ida soliq to‘lovchi chet el kompaniyasining uning alohida bo‘linmalari bilan birgalikdagi daromadining (foydasining) umumiy summasini hisob-kitob qilish chog‘ida inobatga olingan daromadlar (foyda) jumlasiga kiruvchi va chet el tashkilotining chet el kompaniyasi mansub bo‘lgan davlat (hudud) qonunchiligiga muvofiq hisoblab chiqarilishi va (yoki) chet el kompaniyasining uning alohida bo‘linmalari bilan birgalikdagi daromadining (foydasining) umumiy summasi hisoblab chiqarilgan davrdan farq qiluvchi boshqa davrlarda ushlab qolinishi lozim bo‘lgan soliqlar summasiga tuzatish kiritishga haqli.
(207-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar soliq davri yakunlari bo‘yicha chet el kompaniyasida daromadlar mavjud bo‘lmasa yoki daromadining (foydasining) umumiy summasi manfiy yoxud nolga teng bo‘lsa, samarali soliq stavkasini hisob-kitob qilish amalga oshirilmaydi, nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi esa ushbu Kodeksning 204-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni qanoatlantiruvchi deb e’tirof etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 204-moddasi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling