O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


-modda. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari


Download 0.69 Mb.
bet36/356
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1352190
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   356
Bog'liq
Soliq kodeksi 2023

57-modda. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari
Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar e’tirof etiladi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini, shu jumladan uni o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa;
yer uchastkalariga ega bo‘lgan, bu yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lsa.
Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jumlasiga biologik resurslardan (hayvonlar va o‘simliklardan) olingan quyidagi mahsulotlar kiradi:
1) qishloq va o‘rmon xo‘jaligi o‘simlikshunosligi mahsulotlari;
2) chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik mahsulotlari;
3) ipakchilik mahsulotlari;
4) baliqchilik mahsulotlari va suvda yetishtiriladigan ekinlar.
Sanoatda qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsuloti ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsuloti deb e’tirof etilmaydi.
58-modda. Notijorat tashkilotlar
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda notijorat tashkilot uchun belgilangan shaklda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, quyidagi shartlarga muvofiq bo‘lgan yuridik shaxs ushbu Kodeks maqsadida notijorat tashkilot deb e’tirof etiladi, agar:
(58-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
daromad olish maqsadiga ega bo‘lmasa;
daromadlarni yoki mol-mulkni ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamasa.
LexUZ sharhi
Qarang: “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling