O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi
-modda. Banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorlarning banklar tomonidan bajarilishi tartibi
Download 0.69 Mb.
|
Soliq kodeksi 2023
113-modda. Banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorlarning banklar tomonidan bajarilishi tartibi
Soliq organining soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori bank tomonidan so‘zsiz bajarilishi lozim. Soliq organining qaroriga ko‘ra hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatib turilishi oqibatida soliq to‘lovchi (soliq agenti) ko‘rgan zarar uchun bank javobgar bo‘lmaydi. Agar ushbu Kodeksning 111-moddasi birinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish bank soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida soliq organining qarorini olgan kundan e’tiboran, to soliq organining ushbu to‘xtatib turishni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori olinadigan kunga qadar amal qiladi. Oldingi tahrirga qarang. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror bankka elektron shaklda yuborilganda bank ushbu qarorni olgan sana va vaqt O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda belgilanadi. (113-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son) Agar soliq to‘lovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng soliq to‘lovchining (soliq agentining) nomi va (yoki) uning soliq organining ushbu qaroriga muvofiq operatsiyalar to‘xtatib turilgan bankdagi hisobvarag‘i rekvizitlari o‘zgarsa, mazkur qaror bank tomonidan o‘z nomini o‘zgartirgan soliq to‘lovchiga (soliq agentiga) va rekvizitlari o‘zgartirilgan hisobvaraqqa nisbatan ijro etilishi shart. Oldingi tahrirga qarang. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida soliq organi yoki sudning qarorini olganidan keyin banklar ushbu soliq to‘lovchiga (soliq agentiga) yangi hisobvaraqlar, omonatlar va depozitlar ochishga haqli emas, bundan qonunchilikka muvofiq undiruv yo‘l qo‘yilmaydigan hisobvaraqlar mustasno. (113-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling