Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

319-modda. Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat 
shartnomasi) doirasida operatsiyalarni amalga 
oshirishda soliqni hisoblab chiqarish va 
toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Soliq solish maqsadlarida ushbu Kodeksning 275-moddasida nazarda tutilgan tartibda 
aniqlanadigan, oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat shartnomasining) ishonchli shaxsi oddiy 
shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat 
boʻyicha soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Ushbu Kodeksning 275-moddasida nazarda tutilgan operatsiyalarning umumiy 
hisobini yuritish, shu jumladan soliq hisobi va hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi qoidalar foyda 
soligʻini hisoblab chiqarish hamda toʻlashda qoʻllaniladi.
(3-q.)
Soliq boʻyicha oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) 
sherigining (ishtirokchisining) soliq bazasini aniqlashda, uning tomonidan umumiy mulkka pulsiz 
hissa sifatida ulush kiritilgan taqdirda: 
1) mol-mulkning baholash qiymati va ushbu mol-mulkning qoldiq qiymati oʻrtasidagi ijobiy 
farq jami daromadga kiritiladi
2) salbiy farq soliq bazasini kamaytirmaydi. 
(4-q.)
Ishonchli shaxs oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi 
shartnomasi) barcha sheriklarining (ishtirokchilarining) ushbu oddiy shirkatning (birgalikdagi 
faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomasi) faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlarning 
alohida-alohida hisobini yuritadi, bunday faoliyat boʻyicha alohida soliq bazasini aniqlaydi, 
soliqni hisoblab chiqaradi va toʻlaydi. Bunda ushbu shaxs mazkur soliq summasiga nisbatan ushbu 
Kodeksda belgilangan soliq toʻlovchining barcha huquqlariga ega boʻladi va majburiyatlarini oʻz 
zimmasiga oladi.
(5-q.)
Ishonchli shaxs foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini va (yoki) pasaytirilgan soliq 
stavkalarini qoʻllashga haqli emas. 
(6-q.)
Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikdagi faoliyat sheriklari 
(ishtirokchilari) oʻrtasida har bir sherik (ishtirokchi) hissasining ulushi asosida yoki oddiy shirkat 
shartnomasining (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) shartlariga muvofiq taqsimlanadi. Mazkur 


daromad har bir sherikda (ishtirokchida) dividendga tenglashtiriladi va unga ushbu Kodeksga 
muvofiq soliq solinadi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling