Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

464-modda. Soliq bazasi 
(1-q.)
Ushbu Kodeksning 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan jami daromad soliq 
bazasi deb eʼtirof etiladi, bundan quyidagilar mustasno: 
1) Oʻzbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qogʻozlari 
boʻyicha daromadlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik 
shaxslarning xalqaro obligatsiyalari boʻyicha daromadlar; 
2) soliq agentida soliq solinishi lozim boʻlgan dividendlar; 
3) qaytariladigan koʻp marta aylanadigan tara qiymati, agar uning qiymati ilgari tovarlarni 
(xizmatlarni) sotishdan olinadigan daromadga kiritilgan boʻlsa; 
4) amortizatsiya qilinadigan aktivlarni tugatishda ularni qoʻshimcha baholashda olingan
oldingi narxni tushirishlardagi summadan ortiqcha summa hisobidan olingan daromadlar; 
5) hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular 
shakllangan davrdagi qonunchilikka muvofiq soliqlar boʻyicha qayta hisob-kitob oʻtkazilganligi 
inobatga olingan holda soliq solinadi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi 
band) 
6) tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. 
(OʻzR 
30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 
6-bandning qoidalari OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq
2022-yil 1-noyabrdan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi 
(2-q.)
Soliq solinadigan baza ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan 
chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi: 
1) brokerlik tashkilotlari uchun - bitim summasidan birjaga oʻtkaziladigan vositachilik 
yigʻimi summasiga
2) komissiya shartnomasi boʻyicha vositachilik xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar 
uchun - tovarlarni import qilishda toʻlangan bojxona toʻlovlari summasiga realizatsiya qilingan 
tovar ulushida; 
3) turizm faoliyati subyektlari uchun - turistik xizmatlarni onlayn bronlashtirish va sotish 
uchun yaratilgan dasturiy mahsulotlarni hamda axborot tizimlarini joriy etishga yoʻnaltirilgan 
mablagʻlar summasiga; 
4) tadbirkorlik subyektlari uchun - tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan 
daromadlarining 0,5 foizidan oshmagan miqdorda oʻz xodimlariga va ularning yaqin 
qarindoshlariga ommaviy-madaniy hamda konsert-tomosha tadbirlariga borishi uchun chiptalar 
xarid qilishga doir xarajatlar summasiga. 
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq 
kiritilgan band) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling