Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

437-modda. Coliq stavkalari 
(1-q.)
Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq 
oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek 
dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari 
mustasno): 
Respublika hududlari 
1 kv. m uchun bazaviy 
soliq stavkasi (soʻmda) 
Toshkent shahri: 
1 zona 
2 zona 
3 zona 
4 zona 
5 zona 
1408 
1194 
979 
770 
550 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 
286 
Andijon viloyati 
352 
Buxoro viloyati 
286 
Jizzax viloyati 
286 
Qashqadaryo viloyati 
286 
Navoiy viloyati 
286 
Namangan viloyati 
352 


Samarqand viloyati 
352 
Surxondaryo viloyati 
268 
Sirdaryo viloyati 
226 
Toshkent viloyati 
297 
Fargʻona viloyati 
297 
Xorazm viloyati 
286"; 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(2-q.)
Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi: 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 
0,5 dan 2,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda, ushbu 
moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xoʻjaligiga 
moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, 
soliq stavkalarini belgilaydi; 
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi 
xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa - ushbu moddaning birinchi 
qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va 
oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha 
kesimida kiritadi.
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(3-q.)
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri 
uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xoʻjaligiga 
moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. 
(OʻzR 
30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
(4-q.)
Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan 
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining 
normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi. Bunda qishloq xoʻjaligi yerlarining 
sifati yomonlashganda yoki yaxshilanganda (ball boniteti pasayganda yoki oshganda) qishloq 
xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklariga va jismoniy shaxslarga 
nisbatan ushbu Kodeks 429-moddasining toʻqqizinchi va oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan 
tartib tatbiq etiladi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi 
tahririga qarang) 
OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq uchinchi-yettinchi qismlar 
beshinchi-toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin 
(5-q.)
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala 
hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki 
yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida 
boʻlgan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari 
uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash uchun 
belgilangan soliq stavkalari boʻyicha undiriladi hamda ushbu Kodeksning 436-moddasida 
koʻrsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi. 


OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son
Qonuniga 
muvofiq oltinchi qism chiqarib tashlangan 
Ushbu qoida OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq
2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi 
(6-q.) Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun 
moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek normativ muddatida qurilishi tugallanmagan obyektlar 
joylashgan yer uchastkalariga nisbatan qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli 
bilan yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin. (OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq yettinchi-oʻninchi qismlari oltinchi-
toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin 
(6-q.)
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda 
istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalangan 
taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi boʻyicha toʻlanadi. 
(7-q.)
Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer 
uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish 
amalga oshirilmagan taqdirda soliq uch baravar miqdorda toʻlanadi. 
(8-q.)
Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi 
hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq 
stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi. 
(9-q.)
Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi turar joy qurish va obodonlashtirishga berilgan 
tomorqa yer uchastkalariga yakka tartibdagi uy-joy qurishga berilgan yer uchastkalari uchun 
belgilangan stavka qoʻllaniladi. 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan 
qism) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling