1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.01.00 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i / 07.10.01.01 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lovchilar va soliqqa tortish obyektlari] VII BO‘LIM.
NAZORAT QILINADIGAN CHET EL KOMPANIYALARINING FOYDASIGA SOLIQ SOLISH SHARTLARI VA UMUMIY QOIDALARI 26-bob. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning umumiy qoidalari
203-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga solinadigan soliqni to‘lovchi shaxslar
Agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining taqsimlanmagan foydasidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq to‘lashi shart.
Chet el kompaniyalarini nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari deb e’tirof etish tartibi hamda yuridik va jismoniy shaxslarni bunday chet el kompaniyalarini nazorat qiluvchi shaxslar deb e’tirof etish tartibi ushbu Kodeksning tegishincha 39 va 40-moddalarida belgilanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs deb e’tirof etilsa, u ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining taqsimlanmagan foydasini ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinishi lozim bo‘lgan o‘z daromadlari tarkibiga kiritishi shart. Yuridik shaxslar mazkur taqsimlanmagan foydani foyda solig‘i bazasiga, jismoniy shaxslar esa – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bazasiga kiritadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar har bir nazorat qilinadigan chet el kompaniyasiga nisbatan uning har bir nazorat qiluvchi shaxsi tomonidan alohida qo‘llaniladi.
Ushbu Kodeksning 204-moddasida nazarda tutilgan hollarda nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining taqsimlanmagan foydasi ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |