O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri) toshkent-2020


Download 454.38 Kb.
bet240/395
Sana09.01.2022
Hajmi454.38 Kb.
#261488
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   395
Bog'liq
O'ZR SOLIQ KODEKSI

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.03.00 Qo‘shimcha qiymat solig‘i / 07.10.03.04 Qo‘shimcha qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi]

37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.


265-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi

Ushbu Kodeksning 247 — 257-moddalariga muvofiq soliq bazasini aniqlashda soliq summasi soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo‘lgan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.

Soliq summasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan, tegishli soliq davriga taalluqli bo‘lgan aylanmalarni amalga oshirish sanasidan kelib chiqqan holda, tegishli soliq davrida soliq bazasini ko‘paytiradigan yoki kamaytiradigan barcha o‘zgartishlar hisobga olingan holda har bir soliq davrining yakunlariga ko‘ra hisoblab chiqariladi.

Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliqning umumiy summasi ushbu Kodeksning 254-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq bazasining soliq stavkasiga mos keladigan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.

Agar ushbu Kodeksning 254-moddasi to‘rtinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq soliq bazasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlarning har bir guruhi bo‘yicha alohida aniqlansa, soliq summasi mazkur soliq bazalarining har biri bo‘yicha alohida hisoblab chiqariladi. Bunda soliqning umumiy summasi bunday soliq bazalarining har biri bo‘yicha alohida hisoblab chiqarilgan soliq summalarini qo‘shish orqali hisoblab chiqariladi.


Download 454.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling