272-modda. To‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi
Budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi har bir soliq davri yakunlari bo‘yicha, ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, ushbu bobga muvofiq hisobga olinishi va tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan summalar hisobga olingan holda hisoblab chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chog‘idagi soliq summasi bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq budjetga to‘lanadi.
Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi salbiy bo‘lsa, soliq to‘lovchi mazkur summaning o‘rnini ushbu Kodeksning 274-moddasida belgilangan tartibda qoplash huquqiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |