446-modda. Soliq davri
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.07.00 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.04 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash tartibi]
447-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Dehqon xo‘jaliklari uchun soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda soliq organlari tomonidan aniqlanadi.
Soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta taqdim etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15-dekabrigacha;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 20-yanvarigacha.
Soliq organlari soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasini dehqon xo‘jaliklariga soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay topshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |