O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri) toshkent-2020


-modda. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari


Download 454.38 Kb.
bet49/395
Sana09.01.2022
Hajmi454.38 Kb.
#261488
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   395
Bog'liq
O'ZR SOLIQ KODEKSI

57-modda. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari

Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar e’tirof etiladi:

qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini, shu jumladan uni o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa;

yer uchastkalariga ega bo‘lgan, bu yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lsa.

Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jumlasiga biologik resurslardan (hayvonlar va o‘simliklardan) olingan quyidagi mahsulotlar kiradi:

1) qishloq va o‘rmon xo‘jaligi o‘simlikshunosligi mahsulotlari;

2) chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik mahsulotlari;

3) ipakchilik mahsulotlari;

4) baliqchilik mahsulotlari va suvda yetishtiriladigan ekinlar.

Sanoatda qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsuloti ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsuloti deb e’tirof etilmaydi.




Download 454.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling