O'zbekiston respublikasining xalqaro reyting va indekslaridagi o'rni va nufuzini ortib borishi
Download 386.9 Kb. Pdf ko'rish
|
YARASHOV JASUR
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI INSTITUTI EKALOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI TA’LIM YO’NALISHI 1-BOSQICH EKO22AS-GURUH TALABASI YARASHOV JASURNING O’ZBEKISTONNI ENG YANGI TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOT ISHI TERMIZ-2023 O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, mutasaddi vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda xalqaro reytinglarni hisoblash metodologiyalarining tahlili, ularda O‘zbekistonga berilayotgan baholarga sabab bo‘layotgan omillar. Xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarning aksariyati bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilishi. Ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori baholangan har qanday xalqaro reytinglar samarasi sifatida ishbilarmonlardan tortib dunyo aholisi barcha qatlamining e’tibori shu mamlakatga qaratiladi: investision muhit, turizm, xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlanadi, buning natijasida aholining turmush darajasi va farovonligi yaxshilanadi. Xalqaro reyting va indekslarni faoliyat yo‘nalishiga qarab ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy- huquqiy sohalarga ajratish mumkin. Indeksni tuzuvchi xalqaro tashkilotlar tegishli davrlar bo‘yicha davlat organlari tomonidan e’lon qilingan ochiq ma’lumotlar hamda turli xalqaro tashkilotlarning (World Economic Forum, World Bank, International Monetary Fund, UN, Transparency International va boshqalar) reyting hisobotlari natijalariga asoslanib, indikatorlar natijalarini hisoblaydi hamda o‘zining rasmiy veb saytlarida e’lon qilib boradi. Aholimizning uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar bilan ta’minlanish darajasida ham sifat o‘zgarishlari ro‘y byerdi. Bugungi kunda bu tovarlarning aksariyati yurtimizda ishlab chiqarilmoqda. Xususan, har 100 oilaning 42tasi engil avtomobillariga ega bo‘lib, bu besh yil avvalgi ko‘rsatkichdan 1,5 baravar ko‘p, 47ta oila shaxsiy kompyutyerlar bilan ta’minlangan va bu davrda o‘sish 3,9 barobarni tashkil etdi. Shuningdek, har 100 oiladan 31tasi kondisionyerga ega yoki bu boradagi o‘sish bo‘lsa 1,7 barobarga teng, har 100 oilaga 234ta mobil telefon to‘g‘ri kelmoqda yoxud bu sohadagi o‘sish 1,6 martani tashkil etmoqda. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Mirziyoyev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T. 1. – Toshkent: O‘zbekiston. 2017. 2. Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O‘zbekiston. 2017. 3. Mirziyoyev Sh. M. Qonun ustuvorligi va inson ma’nfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi. - Toshkent: O‘zbekiston. 2017. 4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O‘zbekiston. 2017. 5. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. - Toshkent: O‘zbekiston, 1996. 6. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq. T. 12. - Toshkent: O‘zbekiston, 2004. 7. Karimov I.A. Inson uning huquq va erkinliklari - oliy qadriyat. T. 14. - Toshkent: O‘zbekiston, 2006. 8. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch. -Toshkent: Ma’naviyat, 2008. Download 386.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling