O'zbekiston va NATO o'rtasidagi hamkorlik 1994 yil 13 iyulda tasdiqlangan
NATOning «Tinchlik yo'lida hamkorlik» dasturining Doiraviy bitimiga muvofiq
hamda 1996 yildan boshlab har yil ishlab chiqariladigan hamkorlikning muhim
sohalarini qamrab oladigan (harbiy ta'lim, mudofaa siyosati, terrorizmga qarshi
ta'minlashni rejalashtirish) sherikchilik bo'yicha individual dasturlar doirasida
jumladan YeAHKning tashqi ishlar va mudofaa vazirlari, elchilar, siyosiy
qo'mitalar, oliy harbiy-siyosiy qo'mitalar, «Tinchlik yo'lidagi fan» bo'yicha
19
Qo'mitasi va fuqarolar muhofazasi bo'yicha Qo'mitasi yig'ilishlarida ishtirok etib
kelmoqda
1
.
Xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishda NATOga a'zo
mamlakatlar bilan hamkorik, ya'ni NATOning Fan qo'mitasi alohida ahamiyat kasb
etadi. So'nggi yillardagi O'zbekistonning NATOga a'zo davlatlar bilan hamkorligi
tajribasi uning juda samarali ekanligini ko'rsatmoqda. Hozirgi paytda
O'zbekistonda NATO bilan informatsion texnologiyalar, tibbiyot va boshqa qator
loyihalar amalga oshirilmoqda. 2007 yil may va 2008 yil oktyabr oylarida
NATOning
Fan
qo'mitasi
raisi
K.Uspelerning
O'zbekistonga
tashrifi
hamkorlikning yanada yangi bosqichlarga ko'tarilishiga turtki bo'ldi.
2008 yil 3 aprelda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov NATO
Bosh kotibi Ya.Sxefferning taklifiga binoan NATO/EAHKning Buxarest
shahridagi sammitida ishtirok etdi va Afg'onistonda barqarorlikni ta'minlash
maqsadida «6+3» Guruhini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
O'zbekiston va NATO o'rtasidagi ikki tоmonlama aloqalarni rivojlanish
masalalarini muhokama kilish maqsadida Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari
bo'yicha NATO Bosh kotibining maxsus vakili R.Simmons respublikaga bir necha
bor tashrif buyurgan.
Do'stlaringiz bilan baham: