O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 0.57 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘lov balansi
- Schyot-faktura
Konsignastiya shartnomasiga - ko‘ra prinstipial (konsignant) tovarlarni agent (konsignator) omboriga keyinchalik ularni konsignatorning bozorida sotilishi uchun olib boradi. Konsignant tovar sotilganga qadar uning egasi bo‘ladi.
Oferta - bo‘lajak bitimning barcha asosiy shartlarini o‘z ichiga oladi, bular tovarlarning nomi, miqdori, sifati bahosi, yetkazib berish shartlari, yetkazib berish muddatlari, to‘lov shartlari, idish va o‘rash xususiyati, qabul qilish-topshirish tartibi, yetkazib berishning umumiy shartlaridir. To‘lov balansi - mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari va ularning butun bog‘lanishlarining holati tahlil qilish imkonini beradigan umumlashtiruvchi ko‘rsatkich. Tovar va hisob-kitob hujjatlari. Hujjatlarning bu guruhi tovarlarning baho, sifat va soni bo‘yicha tavsifini beradi. Hujjatlarni sotuvchi o‘z blankasida rasmiylashtiradi, xaridor esa ushbu hujjatlar bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi. Muhim hisob-kitob hujjati tijorat schyot-fakturadir. Unda yetkazib berilgan tovar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan, schyotda ko‘rsatilgan mablag‘ni to‘lash haqida sotuvchining xaridorga talabi mavjud bo‘ladi. Odatda schyotlar 4-5 nusxalarda chop etiladi. Bundan maqsad ularni turli tashkilotlarga taqdim qilishdir. Shuning uchun shartnomada schyot bajarilishi kerak bo‘lgan nusxalarning soni albatta ko‘rsatiladi. Bajaradigan funkstiyalariga ko‘ra schyotlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: schyot-faktura, maxsus schyot, dastlabki schyot. Schyot-faktura odatda tovarni xaridorga jo‘natilganda tovar bilan birga yozib beriladi. Schyot-faktura o‘z ichiga ikkita hujjatni oladi: tovar uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘ni summasini ko‘rsatgan hujjat va tovar bilan birga yo‘llanadigan yukxatidir. Bojxona organlarining talabi bo‘yicha ko‘plab mamlakatlarda schyot- faktura tasdiqlangan blankalarda yozib beriladi. Bunday schyotlar bir vaqtning o‘zida tovarning kelib chiqishi haqidagi sertifikat ham hisoblanadi va tovarga tirkib qo‘yiladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling