O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 0.57 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastlabki schyot
- Proforma-schyot
Schyot-spetsifikatsiya schyot va spetsifikatsiya rekvizitlarini birlashtiradi. Unda turlari va navi bo‘yicha tovar birligi uchun baho, shuningdek, tovar butun partiyasining umumiy bahosi ko‘rsatiladi. U bir partiyada assortimenti turlicha bo‘lgan tovarlarga ega bo‘lganda yozib beriladi. Ba’zan schyot-spestifikastiyani ixtisoslashgan schyot ham deb atashadi.
Dastlabki schyot ekspert tomonidan o‘tkazilgan yetkazib berishlarni tasdiqlaydi, lekin har doim ham to‘lov uchun talab hisoblanavermaydi. Ko‘pincha u tovarni qabul qilib olish manzil mamlakatda yoki bo‘lib-bo‘lib amalga oshiriladigan hollarda yozib beriladi. Bu hujjatda tovarlar partiyasining soni va bahosi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Tovar qabul qilib olinganidan keyin yoki butun partiya yetkazib berilganidan so‘ng sotuvchi schyot-faktura yozib beradi, u bo‘yicha oxirgi to‘lov amalga oshiriladi. Proforma-schyot shunday hujjatki, unda xuddi schyot kabi tovar partiyasining bahosi va sifati haqidagi ma’lumotlar bo‘ladi, lekin u hisob-kitob hujjati hisoblanmaydi, chunki unda o‘zida ko‘rsatilgan summani to‘lash haqidagi talab mavjud bo‘lmaydi. To‘lov hujjatining asosiy funkstiyasini bajarmagan holda, proforma-schyot shu bilan birga schyotning qolgan boshqa barcha funkstiyalarini bajaradi. Agar proforma-schyot tovarning har bir turi va navining bahosi haqidagi ko‘rsatmaga ega bo‘lsa, uni ixtisoslashgan proforma-schyot deb atashadi. Proforma- schyot yuklangan, lekin hali sotilmagan tovarga yoki aksincha sotilgan lekin hali yuklanmagan tovarga yozib beriladi. Ko‘pincha bu schyot tovarlarni konsignastiya, ko‘rgazma, yarmarka, aukstionlarga yetkazib berishda yozib beriladi. Proforma- schyot, shuningdek, loyiha bo‘lib ham xizmat qilishi mumkin. Bunda ushbu loyiha bo‘yicha importchi o‘zi sotib olishni xohlayotgan tovar haqidagi asosiy ma’lumotlar, hisob-kitob tartibi bilan tanishishi va xarajatlarning hajmini aniqlab olishi mumkin. Tovar yoki tovar partiyasining miqdori tavsifini beruvchi hujjatlar sirasiga spestifikastiya, texnik hujjatlar, o‘rash-qadoqlash varag‘i kiradi. Spestifikastiya ushbu partiyaga kiruvchi tovarlar assortimentining ro‘yxatini o‘z ichiga oladi, unda har bir joy uchun tovarning soni va turi, uning navi va rusumi ko‘rsatiladi. Shartnoma tuzilayotganda spestifikastiya ilova bilan to‘ldiriladi, unda bajarilishi rejalashtirilayotgan assortiment taqdim etiladi. Shartnoma bajarilayotganda esa odatda spestifikastiya turli navdagi va nomdagi yetkazib berilgan tovarlarga schyotni to‘ldiradi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling