O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 0.57 Mb.
|
Bobning qisqacha mazmuniShartnoma loyixasini tuzish jarayonida savdo operatsiyasini bosqichlarga bo‘lib chiqiladi, Kim, nimani, qayerda va qachon amalga oshirishi detallashtiriladi. Shartnomaning kirish qismida shartnoma soni, uni tuzish sanasi va joyi hamda shartnoma tuzuvchi tomonlar ko‘rsatiladi. Shartnomaning sanasi - uning tuzilish vaqti va amal qilishining yakun sanasini belgilashga, demak bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatni aniqlashga ta’sir etadi. Tashqi savdo shartnomasining tarkibini shartlar, tomonlarning huquqi va majburiyatlari tashkil etadi. Shartnoma predmetida tomonlarning huquqlari va majburiyatlari har bir tomonning majburiyatlarni bajarish muddati va joyi, usuli ko‘rsatiladi. Majburiyat-fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga: chunonchi, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa-qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi! Shartnomaning qo‘shimcha shartlariga tovarning sifati , yetkazib berish va qabul qilish,transport shartlari, sug‘urtalash,yuklash hujjatlari, o‘rash va markirovkalash. fors-major holatlar, arbitraj va boshqa shartlar kiradi. Umuman olganda, shartnoma – bu shartnomadir va hech qanday niyatlarga oid bayonnoma uni o‘rnini bosolmaydi. Shunday bo‘lsa ham, bunday bayonnomani imzolagan shaxslar zimmasiga ma’lum majburiyatlar yuklayshi mumkin. Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlovchi vosita sifatida qarzdorga mulkiy ta’sir o‘tkazishning qo‘shimcha choralarini ko‘rsatishi mumkin, ular qarzdorni o‘z majburiyatlarini bajarishga undaydi hamda, qarzdor shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmasa yoki zarur darajada bajarmasa, qarz beruvchi manfa’tlarini qonitiradi. Neustoyka-ikki tomondan birining shartnomadagi biror majburiyatni vaqtida bajarmaganligi uchun olinadigan jarima. Undan tashqari, xorijda majburiyatlarni bajarish uchun mulkka huquqni zaxiraga olib qo‘yish usulidan keng foydalaniladi. Kafillik (kafolat) shartnomasi qarz beruvchi va kafil bo‘lgan shaxs o‘rtasida tuziladi. Kafillik (kafolat) tufayli kafil bo‘layotgan shaxs boshqa shaxsning (qarzdorning) majburiyatlarni to‘la yoki ishman bajarishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. qarzdorning mablag‘i (faqatgina pul mablag‘i emas, balki boshqa mulki ham) etmagan holda, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada kafil bo‘layotgan shaxsning va qarzdorning birgalikdagi javobgarligi (birgalikda kafil bo‘lish) nazarda tutilmagan bo‘lsa, kafil bo‘layotgan shaxs qarzdor majburiyatlari bo‘yicha qarz beruvchi oldida shubsidi Har (qo‘shimcha) javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Garov tufayli, qarz beruvchi, garov bilan ta’minlangan majburiyatini bajarmasa, boshqa qarz beruvchilarga nisbatan garovga qo‘yilgan mulk bahosidan olinishi mumkin. Garov munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi«garov to‘g‘rishida»gi qonuni bilan tartibga solinadi. Mulkchilik huquqini zaxiralashda zaruriy shartlardan birlari, bu yetkazib berishning bazis shartlari va to‘lov shartlaridir. Chunki ular bitimning eng katta qismini bajaradilar. Masalan, narx-navo darajasi, transportirovka masalasi, sxema va hisob-kitob tartibi, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, chunki undagi yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar shartnomani bajarilishini qiyinlashtiradi. Zararlarni hisoblash uslubi, majburiyatlarni bajarishdagi kechiktirishlar yoki kafolatlangan tovar harakteristikasidagi farqlarga qarab shartnoma tuzayotganda tomonlar o‘zaro kelishadi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling