O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Polisni o‘tkazish va sug‘urta manfaati


Download 0.57 Mb.
bet72/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   112

Polisni o‘tkazish va sug‘urta manfaati


Polis - sug‘urta shartnomasining tuzilishini tasdiqlab, sug‘urta qiluvchilarning holati va berilgan shartnoma shartlari bilan belgilangan pul qiymatini (sug‘urta tovoni) to‘lash majburiyatini ifodalagan hujjatdir. U nomlanishi mumkin va taqdim etuvchiga berilishi mumkin.U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-sug‘urta shartnomasi subyektlarini nomlarini;
-sug‘urta manfaatlarini belgilanishini;
-sug‘urta qiluvchi sodir bo‘lgan voqeada sug‘urta qildiruvchiga tovon to‘lashga majbur bo‘lgan sug‘urta holatining ro‘yxatini;
-sug‘urta mablag‘larining miqdorini;
-subyektlarga sug‘urta munosabatlarining boshlanishi va tugallanishini;
-tovon to‘lash muddati va sug‘urta qiluvchining o‘zi buzlanligi uchun javobgarligini o‘z ichiga oladi.
Polis bo‘yicha huquq va manfaatlarni o‘tkazish yoki sug‘urta bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan summadan o‘tkazish, sug‘urtachi yoki vakilning imzolangan yozma roziligisiz amalga oshirilmaydi va tan olinmaydi. Konteynerni sotish hollarida sotilgan kundan boshlab sug‘urta bekor qilinadi. Sug‘urta shartnomasi sug‘urtachi tomonidan bekor qilinsa netto mukofot ulushiga teng ulush qaytariladi. Shartnoma sug‘urtalovchi tomonidan bekor qilinsa tomonlar kelishilgan mukofot qaytariladi.
Konteynerlarni barcha xavflardan sug‘urtalash sharti. Sug‘urtachini musodara qilish, bosib olish, qamash, ta’qiqlash yoki ushlab turish va ularning oqibatlari va boshqa shunday harakatlar qilishga urinish bilan kelib chiqadigan yo‘qotish bo‘yicha javobgarlikdan ozod etiladi. Bu shart qoidalariga ko‘ra sug‘urtachi oldindan aniq bo‘lmagan harakatlar yoki harbiy harakatlar, ular to‘g‘risida e’lon qilinganmi yo‘qmi bundan qat’iy nazar ular oqibatidagi shikastlanishlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
Sug‘urta, fuqarolar urushi, inqilob, qurolli chiqish, qo‘zg‘olon, fuqarolar to‘qnashuvlari va qaroqchilik harakatlari oqibatidagi yo‘qotishlar uchun ham javobgar bo‘lmaydi.
Sug‘urta shartnomasini tuzish sug‘urtachining yozma arizasi asosida olib boriladi. Unda obyekt to‘g‘risidagi quyidagi asosiy axborotlar bo‘lishi kerak: konteynerlar turi, hajm ko‘rsatkichlari, narx, tashuvchi kema nomi, kemaning reysga chiqish vaqti, jo‘nash nuqtasi, yukni borish nuqtasi va boshqalar.
Sug‘urta qilingan yukni sug‘urtada qayd qilingan holatlarda shikastlanganini isbot qilish sug‘urta qiluvchi zimmasida bo‘ladi.Agar shikastlanish shartnoma shartlariga to‘gri kelmasa to‘lov ( kemani yoki konteynerni ta’mirlash ishlariga teng summadan) avariya vaqtidagi qismlarning eskirganligini hisobga olish bilan to‘lanadi. Paydo bulgan baxslarni hal qilish uchun shartnomalar arbitraj ajirimining joyi va tartibi ko‘rsatiladi.
Konteynerlarni sug‘urta qilishning “to‘liq xalokatdan” deb nomlanuvchi boshqa shartlarida faqat konteyner xalokatidan kelgan zarar to‘lanadi hamda sug‘urta shartlariga ko‘ra konteynerlarni saqlab qolish va haflarni oldini olish yoki kamaytirish bo‘yicha harajatlar, konteynerga umumiy avariyadan tushadigan qiymmatdan to‘lanadi. Sug‘urtaning bu sharti bo‘yicha konteynerlarni ta’mirlash
uchun harjatlar (umumiy avariya holatidan tashqari) to‘lanmaydi.Boshqa hollarda bu ikki shart turlari o‘xshashdir.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling